maɪ fɜːst lʌv

Snowball fights fun in Richmond Park as the cold weather takes grip in London

To’rtinchi sinf edik, doskada misol ishlayotgan paytimda eshik ochilib o’quv ishlari bo’yicha mudur bilan bir bola kirib keldi. Shu kundan boshlab sinfimizning yangi bolasiga mehrim tushib qoldi. Agarda ertalab vaqtli borgan bo’lsam, eshikdan har kirgan sinfdoshimga umikan deb qaraydigan, qo’ng’iroqga yaqin qolganda kelsam, sinfdoshlarim orasidan uni izlaydigan bo’ldim. Shunchaki uni ko’rish, kun bo’yi kayfiyatim chog’ o’tishini ta’minlar edi. Yuqori sinfga o’tganimizda bir partada o’tiradigan bo’ldik, yaxshi do’st edik. Fan olimpiadalari va turli ijtimoiy tadbirlarga qatnashish jonu dilim edi. Ham ularga bo’lgan qiziqishim tufayli, ham bu tadbirlarda uning ham doimiy ishtiroki tufayli. Yo’q yo’q u a’lo baholarga o’qiydigan a’lochi o’quvchi emasdi, unga nima qilib bo’lsada darslardan qochish zarur edi. Ha u shunaqa “xuligan”, qo’shib qo’yay kelishgan bola edi.
Maktabga erta borganim uchun sinfdoshlarim menda uch yosh katta edilar. Uni ba’zan do’st sifatida, ba’zan aka sifatidagi munosabati unga bo’lgan mehrimni tobora oshirar edi. Bir kun qalin qor yoqqan edi, dars tugadi hamma ketishga shaylanyotgan paytda. Yur seni darvozadan chiqazib yuboraman dedi. Maktab hovlisida sinfdosh bolalar qizlarni qorbo’ron qilishga shay turishardi. Ertansi kuni qizlarning qay tarzda o’qqa tutilganliklarni eshitib, uni qilgan ishidan mamnun bo’ldim. Garchi, bir kun avval o’rtoqlarim bilan qorbo’ron o’ynay olmay, uyga ketganligim alam qilgan bo’lsada.

Sakkizinchi sinfni tugatgach, oilamiz bilan poytaxtga ko’chdik. U vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar yoki uyali telefonlar ommalashmagan edi. Shunchaki qachondir uni qayta ko’raman, uchrataman deb o’ylab yurardim. Taxminimcha oliygohda o’qishga poytaxtga kelishi kerak edi. Shu zaylda yillar o’tdi. Bir yili 8-martda sinfdosh dugonam bayram bilan tabriklab qo’ng’iroq qildi, va aytgan “yangiliklari” orasida uni avtohalokatga uchraganini ham aytib o’tdi. To’g’risini aytsam qanchalik siqildim bilmayman, xuddi u hali ham yashayotgan edi nazarimda. Shuncha paytgacha uni ko’rmay kelayotgandim, endi yana ko’rmayman. Hechnima o’zgarmagandek edi go’yo. Faqatgina uni qayta ko’rish umidim so’nishi kerak edi xolos.

Oliygohga kirdim, tugatdim ham. Yaqinda o’z o’zimdan ijtimoiy tarmoqlarning birida uni qidirdim, bilmayman nega. Tabiiyki, u yo’q. Lekin to’satdan ukasini profili chiqib keldi, faqatgina ismlarida bitta harfga farq borligi tufayli. So’rov yubordim, akasining sinfdoshli ekanligimni aytdim. Akasi haqida biroz gaplashdik. Ertansi kuni nima deydi, opa profilingizdagi rasmingizni ayamlarga ko’rsatgandim sizni tanidilar. Rasmingizga qarab “akang kichkinaligida shu qizni yaxshi ko’rar edi” dedilar, dedi. Nimalarni his etdim yolg’iz o’zimga ayon…
Postim orqali shunchaki sizning ham ilk mehringiz tushgan insonni, maktab paytidagi beg’ubor hotiralaringizni yodingizga solgim keldi.

Doimo sevib va sevilib yuring aziz followerim 😉

P.S. Foto ushbu manzildan olindi.

Advertisements

5 thoughts on “maɪ fɜːst lʌv

  1. Mana, hamma blogpostlaringizni ham hash-pash deguncha o’qib qo’yibman. Ochig’i, shu kungacha ko’p blogpostlarni ko’zdan kechirgan bo’lsam-da, sizchalik samimiy va qiziqarli tarzda yozadigan blogerni uchratmadim. Sizning muxlisangizga aylandim. Ijoddan to’xtamang. Yana ko’proq o’qigim kelyapti. Intizorlik bilan yangi blogpostlaringizni kutib qolaman. (Barcha blogpostlaringizga like!)

    Liked by 1 person

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s