Yengil tabassum

Click here to read it in English

01.08.2014. Telefonimga sms keldi “the desicion on your application No XXX has been made and you can collect your passport…. (men pasport deb atamagan bo’lardim). Ertansi kuniyoq hamma ishimni tashlab elchixonaga “uchib” bordim.  Navbatda turibman. Mendan oldin kelganlar qo’lida konvert  bilan chiqishyapti. Hamma qiziqqan… hatto yo’lakdagi o’rindiqqa o’tirmasdan ham passportlarini ochib ko’rishmoqda. Menga erish tuyuldi, shunchalik ishonishmayaptimi viza olgan olmaganliklariga. Keyin hayolimga keldi, balki shunchaki vizadagi hamma ma’lumotlar to’g’riligiga amin bo’lishmoqchidir.      O’zimcha o’yladim men bunaqa qilmayman, chetga chiqib, bemalol o’tirgan holda konvertni ochamanu, vizamni rasmga tushirib oyimga whatsappdan yuboraman. Chunki elchixonaga ketayotganligimni aytmagandim, “surpriz ” qilmoqchi edim. Navbatim keldi, chetroqqa o’tib kanvertni ochdim, lekin viza yo’q :). Har betini ikki martalab varaqlab chiqdim, xuddi o’tkazib yubordimmi deb. Keyin qarasam konvertda bitta A4 qog’oz ham bor edi, aniqrog’i xat. Yozilganki: “The Kingdom of Netherlands does not recognize your travel document, therefore you cannot travel to Netherlands. You are able to apply for refund ….”. Na kulishni bilaman na yig’lashni. Bu degani Nederlandiya qiroligi  Seni ham, Sen yashaydigan davlat qonunchiligini ham tan olmaydi, hechkimsan degani :). Shunchaki viza ololmasliging xayolingni  ko’chasiga kelmaganida,  bu yozuvni o’qish g’alati bo’lar ekan. Beixtiyor yengil tabassum qildim.

08.08.2013. Bankdaman:

-Mana bu ariza blankasini to’ldirib bering. Hamma summani olib kelgansizmi?

-Ha, albatta.

-Pasportingizni bering, nusxa olishim kerak. Siz ungacha  kassaga borib to’lab keling… Nima bu???! To’xtang…Mmm…hmmm…Menimcha Sizga kartochka ocholmaymiz.

-Tushunolmadim, sabab?

-“Pasportingiz” g’alati ekan. (men pasport demagan bo’lardim)

Ancha tushuntirishlarimdan keyin (hamma bank hodimlari ham qonunlarni yaxshi bilishmaydi :)), yuristga qo’ng’iroq qilib ishonchi komil bo’lganidan keyin… nusxa olishni boshladi… Uni ko’rsangiz xuddi o’z cho’ntagidan meni kartochkamga pul qo’yib berayotgan odamdek hafsalasiz, yuzi tund holda ishida davom etardi. Men yuzimda yengil tabassum ila uni kuzatardim.

25.11.2008. Konstitutsiya va davlat asoslari fanidan ma’ruzadamiz, mavzu: “Davlat va fuqarolik asoslari”.

Ma’ruzachi: “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi holatlarda beriladi:

1. Agarda shaxs Respublika hududida tug’ilgan bo’lsa va o’sha paytda shaxsni ota-onasidan biri doimiy ro’yxatdan o’tgan bo’lsa;

2…

3…

4. Agarda shaxs O’zbekiston hududida besh yil davomida  barcha qonunlarga rioya qilgan holda istiqomat qilsa;”

Hamma kursdoshlarim yalt etib menga qarashdi. Domla hayron holda gapidan to’xtadi…

-Uzr domla, oxirgi punkt amalda ishlamaydi, men 17 yildan beri istiqomat qilaman.

-Murojaat qiling, berishadi.

Javob o’rnida…Yengil tabassum..

01.08.2007 (tongi 7:00) Oliygohga kirish imtixoni oldi… Tiqilinch.. Hamma hayajonda… Shunda  yonimda turgan qiz so’rab qoldi:

-Nega pasportingiz qizil?

-Pasport stolida imtihon qilishdi, hamma savollariga javob bergandim, “O, Sizga “yashil” emas Qizil pasport beramiz deyishdi” desam.

-Men ham almashtirsammikan unda maktabni qizil shahodatnoma bilan bitirganmanku?!

Javob o’rnida yengil tabassum…

Hayotim davomida bunday yengil tabassumlar ko’p bo’lgan…

Azizlar, agarda hayotingiz moboynida (ish yuzasidan yoki boshqa) “Fuqaroligi yo’q shaxs” bilan ko’rishib qolsangiz xuddi terrorchi yoi OITSga chalingan shaxsni ko’rgandek holatga tushmang. Ular ham Siz kabi oddiy insonlar, faqatgina ko’proq yengil tabassum qilishlariga to’g’ri kelib turadi.

Sizning yengil tabassumlaringiz sababi boshqa bo’lishini tilab,

Tabassum ila,

Mensenvaular

Advertisements

11 thoughts on “Yengil tabassum

  1. Pingback: Aybelong | mensenvaular

  2. Ўқиб, маза қилдим. “Айниқса, ОЎЮга кириш имтиҳони воқеасидан мириқиб кулдим. Юморингиз ўзига хос экан. Ижодингизга омад!

    Like

  3. Мен ҳам сиз кабиларданман, Қизил паспорт, распорт демаган бўлардим
    Сиз кулиб қўядиган вазиятда менинг ичим зил титраб кетади. 24 йил бўлибди 5 йиллик муддатни кутаётганимга

    Liked by 1 person

  4. Qabul jarayonida ishlayotganimda birinchi marta ko’rgan edim. O’sha abituriyent o’qishga kirdi, mening gruppamda o’qiydi. 20 yildan beri O’zbekistonda yashaydi. U uchun birgalikda qanday hujjatlar qilish kerakligini bir necha marta ko’rganmiz, qilingan ham, lekin uning hafsalasi shunchalik pir bo’lganki, hammasini men uni undayotganim uchun qilindek. Har gal bo’shashmang, balki berishar desam, “Domla, menimcha berishmaydi, avvalgi safarlarda ham berishmagan” degan javob olardim. Tezroq shu muammolar bartaraf bo’lishini istardim…

    Liked by 1 person

  5. Pingback: The reason of my smile | MenSenvaUlar

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s