aɪ mɪs juː

love-you-mom-220170

Yanvar…

Osuda tun… Ne holki yomg’ir yog’madi bugun. Uyqu kelmayapti ko’zlarimga hech. Hayol meni yana olib ketdi Siz tomonlarga.  Sizni koyishlaringiz, Sizni tabassumingiz, Sizni erkalashlaringiz barini tutmoqda xumori meni. Irodali qizman, sabrli qizman, deb yurardim o’z o’zimga men. Mana o’tiribman qog’oz qoralab. Sog’indim Sizni.

Nolimayman, yo’q yo’q hatto mamnunman juda. Vaqtim chog’ o’tmoqda Allohimga shukur. Har kuni yangi ta’surotlar, yangi sarguzashtlar. Bu azim shaharlar maftun etar har bir kishini. Ko’p narsa o’rgandim, o’rganyapman, o’rgatganim ham rost. Rango rang qarashlar, turli millatlar, turfa madaniyatlar barchasi qiziq.  Lekin, men… Sog’indim Sizni.

O’ylab qarasam umringizni baxshida etibsiz bizga. Zahmatlar chekdingiz bizni deb qancha. Qani, aytingchi qachon o’zingizga deb xarid qildingiz biror bir buyum. Doim bizga deysiz, bizga berasiz. Bizga yo’q demaysiz, o’zingizgachi ko’p bor degansiz. Hayot Sizniki, lekin Siz biz deb o’tyapsiz. Ilgarilari, onalar o’zi tabiyatan mehribon bo’ladi, onada farzandi  uchun jon kuydiradi deya o’ylardim rosti. Ha ha rosti ham shuda, barcha volidalar mehribon asli. Qanchadan qancha she’ru qo’shiqlar bayon etgan, etmoqda onalar madhin. Ammo, Sizning mehringizni o’sha  mashhur she’rlar ham, o’sha mashhur qo’shiqlar ham ta’riflolmaydi. Ehh,  qanchalar sog’indim Sizni.

Barcha barchasi uchun ming bor ta’zim qilsam kam. Sizni duolaringiz tufayli erishdim barcha yutuqlarimga. Sizni duolaringiz qizingizni qo’laydi har qadamda. Yana duo qiling, sabrli  bo’lay. Marralarim sari dadil ildamlay. Yutuqlarimla Sizni xushnud etay.

Eh, hali ham o’tiribman surib hayollarni… Qayoqlarda qoldi uyqusi qizginangizni? Qaniydi uxlasamu tongda Siz “Qizim, tur turaqol endi ” deya uyg’otsaydingiz. “Yana pichcha uxlay” deya erkalik qilmasdim rosti. Ayajonim, juda sog’indim Sizni!

Yaqinlarini sog’inganlarga tez orada diydor nasib etsin deya,

mensenvaular

P.S. Postdagi foto manbasi.

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s