St ˈDeɪvɪdz deɪ

Salom salom, aziz o’quvchim))

O’ylab qarasam qariyb bir yildan beri yashayotganim mamlakat haqida hechnima yozmagan ekanman. Uels madaniyati bilan yaqindan tanishishga nima deysiz? Keling ayni damda kuz fasli bo’lsada xayolan bahor fasliga hamda ko’hna Uels mamlakatiga sayohat qilamiz.

Har yili bahorning ilk kunida Uelsda Avliyo David kuni nishonlanadi. Bu kun Uels milliy kuni sifatida qayd etilgan bo’lib, cherkovlarda maxsus tadbirlar va shahar ko’chalarida turli paradlar o’tkaziladi. Bolalar milliy liboslar kiyib olishsa, kattalar kiyimlarining old qismi yoki bosh kiyimlariga bayram timsoli bo’lmish nargiz gulini taqib olishadi. Bayramning maxsus taomi  mashxur Uels qo’y go’shti va sabzavotlardan tayyorlangan maxsus sho’rva bo’lib, uelsliklar uni kavl (cawl) deb atashadi.

Avliyo David Uels hududida ko’plab cherkovlar hamda monastrlar qurishga rahnamolik qilgan. U Uels madaniyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxs bo’lsada, u haqida juda oz ma’lumot yetib kelgan. Otasi janubi g’arbiy Uels shaxzodasining nabirasi, onasi esa afsonaviy Qirol Arturning jiyani bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra doimiy parhezda yurishiga qaramay jismonan baquvvat kishi bo’lgan. Milodning 589-yilida 100 yoshga kirib vafot etgan deb taxmin qilinadi.

Quyida esa Uels poytaxti Kardiff shahrida o’tkazilgan shu yilgi paraddan ayrim lavhalarni ko’rishingiz mumkin.

This slideshow requires JavaScript.

Fotosur’atlar muallifi dugonam Judit Menaga raxmat aytib qolaman. Judit, I thank you on behalf of me and my readers for the lovely photos from that day))

P.S. Oxirgi Cawlni rasmi  ushbu manzildan olingan.

Anaa, Sizning va mensenvaularning borligi uchun bahonada men ham ushbu sayohatimiz orqali qayta o’sha kunga qaytgandek bo’ldim.  Raxmat azizlar)) Keyingi postgacha hwyl fawr am nawr! O’qiyolmadingizmi?) Hechqisi yo’q uels tili haqida yana bir blogpost orqali aytib beraman hali 😛

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s