aɪTæks

apple-think-different

AQSh Apple korporatsiyasining Siz bilmagan iTax mahsuloti (tuzilmasi) ham mavjud bo’lib, bu faqat korporatsiya manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Tax ingliz tilida soliq ma’nosini anglatib, “i” harfi esa har bir Apple mahsulotining oldida keluvchi harfdir. Sezgan bo’lsangiz gap Applening soliq to’lash tuzulmasi haqida ketyapti.

Bundan bir yil avval AQSh Kongresi Apple Incning AQShda foyda soliqlarini to’lashdan bo’yin tovlayotganlikda ayblab Senator va korporatsiya mutassaddilari ishtirokida eshituv o’tkazgan edi1. O’shanda Apple Inc davlat g’aznasiga 44 mlrd AQSh dollari miqdorida foyda solig’ini to’lamaganlikda ayblangan edi. Bunga javoban Apple mutassaddilari Applening hech qanday soliq to’lovdan bo’yin tovlamaganligi va qonun bo’yicha soliqlarni to’lab kelayotganini aytishgan2. Yakunda ayb AQSh soliq kodeksida deb topilib, unga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish kerakligi aytib o’tilgan edi.

Xo’sh, iTax o’zi qanday tuzilma?

iTax Applega o’z  tushumlarini foyda solig’i stavkasi 35% bo’lgan AQShdan, Apple uchun maxsus soliq stavkasi (2%) belgilagan Irlandiyadagi sho’balariga yo’naltirishga xizmat qiluvchi tuzilmadir. iTaxning ishlash tartibi sodda bo’lib va eng muhimi AQSh va xalqaro soliq normalari doirasida ishlaydigan qilib tuzilgan. Quyida uni ishlash tartibini bir qancha misollar orqali ko’rsatib beramiz.

Apple Irlandiyada o’zining bir nechta sho’balarini ochgan bo’lib, ular Apple mahsulotlarining jahon miqyosidagi  (Shimoliy va Lotin Amerikasidan tashqari) savdosiga ma’suldir. Ya’ni, hamma izlanish va yaratish ishlari AQShda amalga oshiriladi, mahsulot Xitoyda yig’iladi va tayyor mahsulotlar Irlandiyadan dunyoga tarqatiladi. Aslida ko’p hollarda mahsulotlar faqat qog’ozda Irlandiyaga keltiriladi xolos. Natijada savdodan tushum Kaliforniyadagi bosh ofisga emas, Apple 2% dan ham kam  miqdorda soliq to’laydigan Irlandiyaga keladi. E’tiborli tarafi shundaki, Irlandiyada foyda solig’i stavkasi 12.5% bo’lib, maxsus kelushuvlardan keyin Apple uchun maxsus stavka belgilangan. Xususan, 2010 yilda bu stavka 0.06%  va 2011 yilda esa eng past 0.05% qilib belgilangan3.

Senator John McCain: “Applening soliq strategiyasi  eski “Think Different” (o’zgacha o’yla) shioriga yangi mazmun berdi”, deya iqtibos keltirgandi3.

iTax bu bilan qanoatlanmaydi, 0.05% stavkali soliqdan ham qochish mumkin. Apple AQSh va Irlandiya soliq qonunchiliklari orasida tafovvut, arbitraj holatidan unumli foydalanadi. Irland sho’balari bo’lmish Apple Sales International va Apple Operations International, Irlandiyada joylashgan bo’lsa ham Irlandiya soliq rezidenti hisoblanmaydi. Ya’ni yuqorida aytib o’tilgan 0.05% soliqni faqatgina Irlandiyani o’zidagi tushumlardan kelgan foydadan to’lashadi, xalqaro tushumlardan esa soliq umuman to’lanmaydi. Irland soliq normalariga ko’ra soliq rezidenti bo’lishi uchun kompaniya Irlandiyada turib boshqarilishi kerak. Bu ikki sho’bani sanoqli xodim va ishchilari bo’lib, aksiyariyat qismi AQSh fuqarolaridir. Va o’z o’zidan sho’balar AQShdan turib boshqariladi. AQSh soliq normalarida esa resident sanalishida muhim omil sifatida yuridik shaxsning joylashgan yeri hisobga olinadi. Shunday qilib butun jahonni (Amerika qit’asidan tashqari) Apple mahsulotlari bilan ta’minlovchi bu sho’balar na Irlandiya na AQSh davlat g’aznalariga soliq to’lashadi.

Agarda, yanada to’liqroq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz pastda keltirilgan  manbalardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.

  1. Offshore Profit shifting and the U.S. Tax Code- Part 2 (Apple Inc.)
  2. iTax-Apples’s International Tax structure and the Double Non-Taxation Issue
  3. Tim Cook defends Apple’s use of tax loopholes
  4. Dunyo davlatlari foyda solig’i stavkalari.
  5. Foto manbasi.
Advertisements

4 thoughts on “aɪTæks

  1. Ха, аклли одамлар конунни бузмайди, улар конунни ”айланиб ўтади”. Хийлаи шаръий дегандек.

    Liked by 1 person

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s