Duː nɒt ˈhʌri tuː kənˈkluːd: ˈhɒlɪwʊdz fɪlm əˈbaʊt Amir Temur

10509577_717637348324827_4172693256611361813_n

Qariyb bir hafta avval Amir Temur haqida Gollivud film olishni rejalashtiryapti degan xabar yetakchi o’zbek OAVlari orqali ma’lum qilingan edi. Shunday keyin ijtimoiy tarmoqlarda  o’zbek hamda rusiy zabon o’zbekistonliklar o’rtasida qizg’in bahs  boshlanib ketdi. Kimdur bundan xursand bo’lgan bo’lsa, yana kimdur bizning tariximizni amerikalik ijodkorlar to’laqonli ochib bera olmaydi deya yangilikni xush qarshilashmadi.

Tabiiyki, bir necha daqiqalik kino kartina 69 yillik voqealarni qamrab ololmaydi. Xo’sh aslida film syujeti nimadan iborat bo’ladi?

Podrobno.uz ning xabar qilishicha film Amir Temurning tug’ilishi, yetuk sarkardaga aylanishi haqida bo’lib, kartina asosan Temurning Rus yerlariga yurishini yoritadi.

Savol tug’iladi: Amir Temur Rus yerlarini egallaganmi o’zi…?

Keyinroq film mazmuni haqida Knyaz amakining qissalari blogida  kartina mazmuni haqida anchayin kengroq to’xtalinib, kino bizning nuqtai nazarimizdan anchayin yiroq bo’lishi ehtimoli haqida ogohlantiriladi.

Aslida rus OAVlarida ushbu loyihani amalga oshirishni mo’ljallanayotganligi haqida xabar avgust oyida berilgan bo’lib, undan keyin bu haqida yangilik bo’lmagan (yoki men topa olmadim). Kinoni moliyalashtirayotgan rus tashkiloti vakili o’zining Izvestia.ru  saytiga  bergan intervyusida ta’kidlab o’tadi: “Hali Amerika kashf etilmasidanoq biz ulkan sivilizatsiyaga ega edik. XIV asr so’ngiga kelib bu sivilizatsiya ulkan xavf ostida qoldi. Temurlangning bolaligidan o’ldirishni o’rgangan, 200 ming kishilik askarli  yengilmas qo’shini sarhadlarimizda edi…  ” Qisqa qilib aytganda: Temurning tug’ilishi va hayoti (qanday bo’yoqlardaligini kino chiqsa bilamiz) hamda uning Rus yerlariga yurishi Provaslav ma’budasining sharofati ila (mo’jiza tufayli) amalga oshmasligi  kinoning bosh g’oyasi qilib olinadi. Agarda yana ham batafsilroq bilmoqchi bo’lsangiz ushbu maqolani o’qib chiqishni tavsiya qilaman.

Xulosa chiqarish Sizdan: milliy kinosanoatimiz maishiiy mavzulardagi filmlardan ortib bunday katta hajmdagi loyihaga qo’l ura olishi dargumon, olganda ham filmda badiiylikdan ko’ra hujjatli film sifatlari ufurib turuvchi film olishlari ehtimoldan holi bo’lmagan bir paytda, amerikalik kino ijodkorlarning hali mazmuni faqatgina rejalashtirilayotgani ma’lum bo’lgan ushbu kinoni olishi qanchalik bizni quvontirgan holda o’ylantiradi… Film Anqara jangi yoki Iroq va boshqa yerlarga yurishlar haqida bo’lganda bunchalik muhokama qilmagan bo’larmidik.

Ushbu blogpost kun.uz taklifini kiritgan loyiha tarkibida yozilgan bo’lib, unda asosan o’quvchini  teranroq tahlil qila olishi uchun mavzu yuzasidan turli resurslarga havola berish maqsad qilindi.

P.S.  Temurlang emas Amir Temur deb yozinglar, iltimos (endi aytamanda). Foto Uzbek MDK feysbuk sahifasidan olindi.

Advertisements

3 thoughts on “Duː nɒt ˈhʌri tuː kənˈkluːd: ˈhɒlɪwʊdz fɪlm əˈbaʊt Amir Temur

  1. Козогистонлик Борат Сагдиев хакида фильм олинганида голливуд (бош харф билан ёзгим келмаяпти) бошка халклар маданиятини бир тийинга хам олмаслигини кўрсатганди. Ўшанда козокларга ачиниб кетгандим, энди бутун дунё улар хакида нималарни ўйлайди деб. Анча бўлди, голливуднинг яна бир ”Лекарь. Ученик Авиценны” деган фильмини кўриб тутокиб кетгандим: нима эмиш, ибн Сино умрида мурда ёриб кўрмаган эмиш, инсон ички организми хакида Гиппократ ёзган нарсалардан бошка нарсани билмасмиш, ибн Синонинг Англиялик шогирди ўзи мустакил мурдани ёриб кўриб, кўрганларини ибн Синога айтиб берармиш, ибн Синонинг огзи очилиб колармиш. Энди навбат Амир Темурга экан-да… Лекин ўзимизнинг режиссёрларимиз юмшок жойларини ердан кўтариб ”мана ман” дейишга журъати етмаганидан кейин… э, гапирмайман.

    Liked by 2 people

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s