Kʊd juː gəʊ tuː ðə ʃɒp wɪð miː, pliːz?

Kichkinaligimda oyim do’konga yuborsalar, ko’chaga chiqardimu o’ynab yurgan birorta o’rtog’imni yoniga borib:

  • Yuuur magazinga borib kelaylik,- derdim.
  • Eey yo’q, o’yinni qiziq paytida tashlab ketamanmi?
  • Booo’pti hali sanam sutga boraylik deb chaqirsang bormiman, ko’rasan.
  • Xoop yur.

Mana hozir ham do’konga chiqishim kerak, kim bilan borsam ekan… Ha topdim. Siz bilan 🙂 Maylii, sutga borsangiz qo’shilib borarman. Hozir esa bahonada mahallamizni ko’rib olasiz. Hey, xursand bo’lmang Kardiffni aylantirmoqchi emasman, do’konga ketyapmiz xolos 🙂

Xudoni bergan kuni yomg’ir yog’adigan shahrimizda bugun ham yomg’ir, lekin baxtimizga hozir ayni tingan payti.

IMG_0317

Yer yuzasi ham birozgina quyosh ko’rib qurimochi bo’lib turibdi. Lekin, ishonch yo’q bu Kardiff  havosiga. Hattoki Britanyaning eng ko’p yomg’ir yog’adigan shahri Manchesterdanam o’zib ketdik shu kunlarda.

Men Sizga aytsam bu ko’chalar ertalablari uyqusiragan, bir qo’lida qahva, ikkinchisida sendvich ushlavolib kavshanib, universitetga shoshayotgan talabalar bilan to’lsa, hafta oxiri kechki paytlari yana xuddi shu talabalar qiyqirig’i bilan to’ladi. Allambalo maxsus kiyimlarni (bir qarasang dengizchilar formasida, bir qarasang ilk o’rta asr yunonlarining oq surpga o’xshagan yarim yelkasi ochiq kiyimida va hokazo) kiyvolishib partiga ketishadi. Bir necha soatdan keyin tungi klublardan qaytayotgan qizlarni ko’rib ham kulgingiz, ham yig’lagingiz keladi. Mast qizni baland poshnali oyoq kiyimda tasavvur qilinga… Tuyaqusham chiroyliroq yuradi ulardan ko’ra)) Haa, yodimdan ko’tarilibdi aytish, biz turadigan mavzeda ,asosan, talabalar istiqomat qilishadi.

tIMG_0314

IMG_0330

Shu ko’chani yaxshi ko’raman, har bir uy turli rangda)

IMG_0329

Xonadon egasi sariq rang bilan kapalaklarga ishqibozligi ma’lum)

IMG_0328

Bunisi undanda ajoyib))

IMG_0334

Bu o’sha mashxur ajdarho yani Uels timsoli.

Biz ketayotgan do’kon City Road (ko’chasi)da joylashgan bo’lib, bu ko’cha Osiyo va Sharqiy yevropaliklar uchun mo’ljallangan do’konu tamaddixonalar bilan to’la. Yaponcha sushi bardan tortib Yaqin Sharq oshxonalarigacha mavjud. Britanyaning o’sha mashhur Fish and Chips (baliq va chips)larini ham shu ko’chadan topsangiz bo’ladi.

IMG_0320

Menga qolsa Osiyo ko’chasi deb nomlagan bo’lar edim))

IMG_0322

Shu rasmga yaxshilab qarangchi. Nima ko’rayapsiz? Qanaqa Olovuddin?! Sparkimiz o’tib ketayotganda Olovuddinga nima bor)) Ha Kardiff ko’chalarida Spark va Matizni tez-tez uchratish mumkin. To’g’ri ular o’zimizni Asakada ishlab chiqilmagan, lekin barbiram issiq ko’rinadida.

Gap bilan bo’lib bir pastda kelib qo’ydik, endi nonni olamizu ortga qaytamiz. Ha bitta non uchun shuncha yo’l yurdik. Ma’lumot uchun: bu Kardiffda bizni nonga o’xshagan non sotuvchi yagona do’kon))

IMG_0336

Hamroq bo’lganingiz uchun tashakkur 🙂 Sutga ketayotganingizda chaqirib ko’ring, oyim ruxsat bersalar birga borishim mumkin 😛 Hozircha bay bay.

Advertisements

3 thoughts on “Kʊd juː gəʊ tuː ðə ʃɒp wɪð miː, pliːz?

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s