Pəˈpɑː, weər ɑː juː?

Assalom 🙂

Bilasizmi   Sizni va Ularni sog’ingandim, mana yana qarshilashdik. Bundan men xursand, o’ylaymanki Siz ham, ularni bilmadim 🙂

Bugun Sizga bitta sirimni ochmoqchiman ya’ni g’irt yig’loqi qiz ekanligimni. Nega yig’loqi deysizmi, kimnudir o’zi bilmaydigan tilda qo’shiq eshitib yig’lagani haqida eshitganmisiz? Yoki biror kino heppi end bilan tugasayu, qahramonlarni heppiligi uchun yig’laganinichi? Mana bugun o’qiysiz…

Belgiyalik qo’shiqchi Paul Van Haver ya’ni Stromae (sahna ismi)ni 2010- yillarda hit bo’lgan “Alors on Danse” qo’shig’idan yaxshi taniysiz. Uning yana bir mashhur qo’shig’i “Papaoutai ” (“Dada, qayerdasiz”)ga olingan klip haqida ta’surotlarimni aytib bermoqchiman, agar, allaqachon bu klipni ko’rgan bo’lsangiz, Ularga (boshqalarga) birga aytib beramiz (ingilizcha: review yozamiz), kelishdik?

stromae-photo-523b0560778ed

Qo’shiq matni: Garchand, fransuzchada merci va bonjourdan boshqa so’z bilmasamda, ilk eshitganimdayoq qo’shiqning aynan nima haqidaligini tushungandim, negadir. Keyin inglizcha subtitor bilan eshitganimda bunga yanada amin bo’ldim. Bir qarasa oddiy so’zlar, ammo… lekini bor…

Ayt, u  kelgandi qaydan

Shunda bilardim qayga borishim,

Oyim aytar, gar ezgulik izlasak

Oxir oqibat topamiz albat.

Oyim aytar, u uzoqda emas

U har kuni ketadi ishga.

Oyim aytar, ishlash yaxshi

Ha yaxshiroq, yomonlarga qo’shilib yurgandan ko’ra.

Qayerdasan? Dada, qayerdasan?

Qayerdasan? Dada, qayerdasan…

… Hamma bilar

Qanday qilib farzand dunyoga keltirishni,

Ammo hechkim bilolmaski

Qanday qilib OTA yaratishni….”

Aslida, qo’shiq mazmuni biografik mazmunga ega bo’lib, Stromae 9 yoshligida otasidan ayrilib qolgan…

Eng e’tiborga molik tarafi qo’shiqqa ishlangan klip deb bilaman. Klipda yosh bolakay boshqa bolalarning otalari va onalari bilan turli xildagi yumushlarni birgalikda qilishayotganliklaridan ta’sirlanib o’ziga qo’g’irchoq ota yaratadi. Boshqa bolalarga taqlid qilib, qo’g’irchoq ota bilan ovqatlanadi, to’p o’ynaydi, birgalikda mashina yuvadi va hokazo. Va bu barcha hatti harakatlar  raqslar orqali ifoda etilgan. Ya’ni klip syujetini raqslar aytib beradi, havas, alam, dard, quvonch hammasini raqslarda ko’rasiz. Qo’g’irchoq ota rolini Stromaening o’zi qoyilmaqom qilib ijro etgan. Ushbu kreativ yondashuv, qo’shiqning mazmunga boyligi, o’ziga xos original musiqa “Papaoutai ”ning butun dunyo bo’ylab mashhur bo’lishiga olib keldi.

1111 88888 22222dance-hard_stromae-papaoutai

Stromae klip haqida bergan intervyularidan birida ta’kidlab o’tadiki “Klip klasik baxtli yakun bilan yakunga yetmagan bo’lsada, ushbu yakun menga yoqdi. Chunki farzandining o’z otasiga o’xshashidanda go’zalroq narsa yo’q menimcha.” Darhaqiqat, klip so’ngida bolakay ham qo’g’irchoq otasi kabi qo’g’irchoqqa aylanadi.

Umuman olganda Stromaening akasariyat qo’shiqlari va unga olingan kliplarida ana shunday rang baranglik, kreativlik ufurib turadi.

Ana endi  klipni o’zini tomosha qilamiz.

Agar lozim topsangiz “Formidable” va  “Tous les Memes”ni ham ko’ring.

Keyingi postgacha, azizlar 😉

Qadrdoningiz Men.

Aytgancha, rasmlarni manbasi ko’rsatmabman, ishqilib internetdan oldim))

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s