ðə rɪˈvjuːz ɒv maɪ ˈfeɪvərɪt ˈpleɪsɪz tuː iːt

Salom, azizlar 🙂

Toamlar yoki tamaddixonalar bo’yicha tanqidchilikni hech davo qilmagan holda, oddiy bir mijoz sifatida Siz bilan ayrim ta’surotlarimni bo’lishmoqchiman.

Toshkentga ilk kelgan kunlarim, hali oila davrasida, hali do’stlarim bilan ko’rishishlar sabab bo’lib sevimli tamaddixonalarimga bir-bir tashrif buyurdik. O’zimizning milliy taomlarimizni shunaqangi sog’ingandimki, qanaqangi davrada bo’lmayin taomlarni nol darajali hijolatda paqqos tushirardim :).

Fakultetimiz dekanining bir gaplari bo’lardi: “Yo eng yaxshi talaba bo’l, yo eng tanbali, ana shunda esda qolasan. O’rtacha (normalniy) talabalar ko’pchilikning yodidan chiqib ketadi”. Aslida, bu gapni har sohada qo’llasak ham bo’ladi, masalan, ayni damda tamaddixonalar uchun ham.

“Barlos” avvalgi Bodrumdan faqat nomi qolibdi…

54805845_DrDU2GFwmCOs2trflv6lWqJBzdqr_ULvta0tqjifRDQ

Shahrimizning chiroy ochib borayotgan shoh ko’chalarining markaziy chorrahalari (Navoi va Abay ko’chalari kesishgan yer)dan  birida joylashgan ushbu tamaddixona hali hanuz mijozlar bilan gavjum.  Negaligiga hayronman, balki joylashgan o’rni qulayligidandir. Avvalari ham  ba’zi kamchiliklar tabimni xira qilgan hollar bo’lgan. Endigi safarda esa, xizmat ko’rsatuvchi ofitsant shu qadar e’tiborsiz yoki oshpazlar ma’sulyatsizmi, birinchi taom sifatida aytilgan taomlarni turli vaqtda keltirishdi. Kamiga hammasini keltirib bo’lganidan hech qancha o’tar o’tmas asosiy taomni olib kelib turishibdi, ustiga-ustak taom sovib qolgan. Ofitsantlarning o’zaro suhbatlari qizib ketgandan, mijozlarning imolarini payqashmaydiyam…

“Labi Hovuz”ning labida…

caption (1) caption

Buxorocha milliy taomlarga ixtisoslashgan ushbu tamaddixonaga borish uchun Nukus ko’chasidan birozgina X ko’chasiga (nomi esimda yo’q, uzr) ichkariga kiriladi. Hech o’ylamanki kattagina hovuz labida majnuntol soyasiga qo’yilgan so’rilarda o’tirib tanavvul qilaman deb 🙂 (buning uchun Buxoroi azimning o’ziga borish lozim). Tamaddixona o’zining milliy interyer va eksteryer dizayni bilan kishiga o’zgacha zavq bag’ishlaydi. Kiraverishda mijozlarning sazasi o’lmasin debmi yoki qo’ygan nomimizga mos bo’laylik debmi mo’jazgina hovuzcha ham qurib qo’yishgan. Asosiy zal, kichik zallar va alohida bo’lmachalar bari did bilan bezatilgan. Eng muhimi ortiqcha hashamlardan holi. Taomnoma ham soddagina tuzilgan va bir nechta birinchi va asosiy taomlardan tarkib topgan.

Agar, qorningiz och bo’lsa meni mazur tutasiz, lekin maqtamay ilojim yo’q. Kaboblari bay bay bay… obi tobida, qiymaligi shunaqangi sharbatliki mazasi og’zingizda qoladi. Somsalari ham kunda yeb yuradigan somsalarimizdan bir muncha katta bo’lib, oshpaz barcha masalliqlardan tashqari o’z mehrini ayamaganligi  bilinib turadi. Nonu qatlama patirlari buvimning patirlarini eslatib yubordi…

Yo’lingiz tushsa “Labi hovuz”chaning labida Siz ham tamaddi qilib keting. Balki ko’rishib qolarmiz 😉

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s