hæpinəs iz in ðə eə

download

13.09.2015

Toshkent.

Salom salom, o’quvchim 🙂

Bugun kayfiyatim ajoyib va buni Siz bilan ham baham ko’rgim keldi… Rasman kuz kelganiga 13 kun bo’lgan bo’lsa ham  aynan bugun rosmanasiga uning isi kelmoqda…  yomg’irli havo, ustiga ustak dam olish kuni… baxt uchun yana nima kerak bo’lish mumkin? 

Sezganingizdek men yomg’irni sevaman, sevganda ham aprel, may yoki sentyabrdagisini… havo muloyim… yuzimga uriladigan tomchilar faqatgina huzur bag’ishlaydi xolos… Sochlarim uchidan yelkamga tomadigan tomchilar badanimni yoqimli tarzda entiktiradi… ajoyib uchlik: Men qolaman yomg’ir ostida, xayollarim bilan. Toshkentda men baxtli…

Kardiff, Uels

Lekin, Osiyoning markazida yashovchi bir qiz yomg’irdan suyunib, zavqqa to’layotgan paytda, Yevropa g’arbida kimdur derazadan qaragancha yana yomg’irmi deya xo’rsinayotgan bo’ladi…Kardifflik qahramonimizning zavqu shavqqa to’lishi uchun aksincha quyoshning bulutlar orasidan jilmayib qo’yishi kifoya. Xox noyabr oyi yoki yozning qoq o’rtasi, mobodo adashib quyosh ko’rinib qoldimi bu qahramonimiz shkafda taxlanib turaverib zerikib ketgan shortisini olib kiygancha sohilga yuguradi. Shu kuni bayram chunki day sunny. Uning oftob ko’rmay oqarganda oqarib ketgan yuzi va badaniga tushayotgan zarin nurlar ko’zlarida aks etadi…Ajoyib uchlik: u, quyosh va sohil… Kardiffda u baxtli…

Kuala Lumpur, Malayziya

Kuala Lumpurlik qahramonimizni baxtli qilish uchun uni Osiyo janubidan shimolga olib kelishimiz kerak. Masalan, Oksfordga. Bir bo’lgan kichik voqeachani aytib beraman:

Noyabr oyining oxirlari, meni  (va Britanyani) ko’rgani  oila a’zolarim Toshkentdan kelishgan edi.  KLlik  o’rtog’im va men boshchilgimizda u shahardan bu shaharga sayohat qilib yuribmiz. O’sha kuni Bath shahridan Oksfordga yo’l oldik. Britanyada kamdan kam kuzatiladigan holat ro’y berdi, havo harorati 0 darajadan pastga tushdi. Nari borsa -1 yoki -2.  Erta tongda mashinadan xabar olish uchun hosteldan tashqariga chiqdik. Shunda u: ” Dillaaa lookk” deya baqirib yubordi. Men cho’chib tushib, tinchlikmi desam. “Look look, there is ice on the ground!”. Darhaqiqat yerda suv ko’lmaklangan joyni yuzini yupqa muz qoplagan edi. U o’zidayoq xursand edi. Balki Siz ham Malayziyada yashasangizu, har kuningiz yomg’irli yoz bo’lsa, bunday holatdan sevinardingiz. O’sha kuni u har gapirganda nafasidan tashaqariga chiqayotgan pardan ilhomlanib yana va yana gapirardi… “Dilla, look! That is so amaaaazing…Huuuh…Phuuuuh… Come on, you can also make it.” Biz esa uni tomosha qilgancha kular edik… Ajoyib uchlik: u, sovuq havo, oddiy par. Oksfordda u baxtli edi.

Ha azizim, baxt atrofimizda u havoda… Faqatgina his eting…

P.S. Foto manbasi

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s