ðə ʌnʹsent ‘letə

WhiteBirdinaGoldenCage

Bu gaplarni aslida o’zingga aytishim kerak, lekin aytolmadim… to’liq aytolmadim…

Senga ko’chada yurish, ishlash muhimmi deding

Men buni ko’chada yurish demagan bo’lardim… Birinchi galda zavq olish manbaim degan bo’lardim, ozuqa manbaim degan bo’lardim. O’quvchilaring yangi kelganida ABCni o’qishni bilishmaydiyu (oshirvordim shekilli ko’pi ABCni bilardi 🙂 ) bir necha oydan keyin inglizchada bir nimalar deya gapira boshlashadi. Biror amerikalik yoki britaniyalik uni nima deyotganini hali 1/3 qismini tushinib tushinmaydigan taqdirda ham men tushunaman… Ich ichimdan sevinaman, chunki mehnatim meva beryapti. Shu bolalar, yoshlarga nimadur o’rgata olyapman. Kelajakda meni eslashmasa ham lekin o’rgatganlarim ko’p ehtimolki as qotadi… Shularni o’zi menga ozuqa… adneralin… Charchadim, voydod deb qolaman gohida to’g’ri… lekin bu charchoq yoqimli. Bilasanmi yoqimsiz charchoq bu nima? O’z-o’zidan charchash… bekorchilikdan charchash… Menga esa hozirgi charchashlarim yoqyapti…

Balki kelgusida o’zimni sohamga qaytarman, ha o’sha raqamlar, qimmatli qog’oz-u, hisob varaqalariga qaytarman… Kolkulyator yoki kompyuter klaviaturasi chiqirlashini o’zi zavq bag’ishlaydi o’shanda. Ish stolidagi ayqash uyqash qog’ozlar zavq bag’ishlaydi…

Uy yumushlarini kim qiladi deding

Har holda men. Ko’chadan kimdur kelib yordam bermasa kerak… Lekin uy yumushlarini bajarib zavq oladiganlar safiga ham kirmayman… Kimningdur bosh maqsadi shu: saranjom uy, hammayoq chinnidek… bir so’z bilan ajoyib beka… Men bularni qilish lozim bo’lgani uchun bajarish kerak yumushlar deb hisoblayman xolos… Yeyish uchun tayyorlayman… tayyorlash uchun yashamayman…

Farzandlarimni tarbiyalay olish uchun ham ishlashni, o’z ustimda ishlashni  xohlayman.

O’zini o’ylayapti deb o’ylama… Seni ham o’yladim… Seni ishtiyoqi o’lgan, kundan kunga so’nib boradigan qafasdagi qushing bo’lishni istamayman… Tikanlar orasida bo’lsam ham nafas olishni istardim. Himoya qilging kelsa, avaylaging kelsa qafasga solma… Har qadamda himoya qil, iltimos…

Doim kulib yurishingni xohlayman devding. Tabassumimni o’zing o’g’irlama…

Boshqa kimnudir bu kabi savollariga javob berib, javobimni izohlab ham o’tirmasdim. Lekin Sen shunchaki “kimdur” emassan…

Bor gap shu…

Men qaror qildim… Endi Seni navbating…

P.S. Rasm manbasi.

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s