frɛndʃɪp bətwin gərlz ænd bɔjz

64718860fa4500f318c98a35aa5989d3

Qiziq mavzu-a? Yozishni boshlashdan avval o’zim bu baxsni qaysi tarafida ekanligimni o’ylab qoldim… Va o’zim bitta inson bo’lsamda shu mavzuni butunlay ikki xil talqinda yoza olishim mumkin degan to’xtamga keldim, agarda hammasi chalkashib ketib, butunlay uchinchi xil qoralama vujudga kelib qolmasa. O’ylagandursiz hozir yoki bunaqa do’stlik bor, yoki umuman mavjud emas deb baxslashadi deb. Bunaqa xulosaga shoshilmay turamiz…

Keling avval do’stlikni o’zi haqida biroz gaplashaylik…

Maktabdagi qadrdon dugonang, necha yillik partadoshing, barcha tanaffuslardagi hamrohing, hojatxonaga ham birga chiqishing shart bo’lgan inson,  hatto darsdan so’ng bir-biringni uyingga borib dars tayyorlaydigan qadrdoningni hozir telefoningdagi kontaktlaring ro’yxatini qirq marta qarab chiqsang ham ismi chiqmasa… Yoki universitetda to’rt yil birga o’qiganing, ertalab o’qishga chiqib ketishingdan oldin hatto nima kiyishinggacha maslahatlashib keyin kiyinadiganing, o’zingga nimani istasang unga ortig’ini ravo ko’rganing, ilk ish izlashni birga qilganing, o’qish, avtomaktab, umuman olganda to’rt yil mobaynida oila a’zolaringdanda ko’proq  vaqt o’tkazganing insonni kontaktlaring orasidanku topa olishing mumkin, ammo u shunchaki qo’ng’irog’ingga javob bermay qo’ya qolishi mumkin… Xuddi u qo’ng’iroq qilganida ha senmi, nimani ham gaplashardik sen bilan deb javob bermaganindek…. Ayb kimda, mendami, undami, balki bu shunchaki tabiiy holdir…O’g’il bolalar do’stligi haqida bir nima deya olmaymankuya, ammo qizlar o’rtasidagi do’stlikka ishonmayman, har holda endi ishonmayman…. Chunki biz qizg’anchiqmiz… kimdadur havas ko’rinishida, kimdadur hasad ko’rinishida… lekin bir kun bari bo’ladi oshkor… ba’zan yillar kerak bo’larkan… ba’zida oylar yuzaga chiqishiga barini…

Mavzudan yiroqlashmaylik-a? Xo’sh, qizlar bilan qizlar do’st bo’la olmas ekan, yigitlar bilanchi do’stlasha olishadimi qizlar?

Ha ulardan zo’r suhbatdosh chiqadi, buni inkor etib bo’lmaydi. Hatto futbol haqida bemalol gaplasha olasan yoinki boshqa istalgan global mavzularda, ( qizlar bilan esa maishiy narsalardan nariga o’tish amri mahol..)

Ha ulardan ajoyib maslahatchi chiqadi, har qandayin muammoyu masalangni aytib qolsang ular shunchaki tinglovchi emaslar, balkim senga yechimni, hech bo’lmasa yechimga olib boradagan yo’lni ko’rsatishga harakat qilishadi ( qiz bola dugonalaringchi “voy shunaqa bo’ldimi”, “hmm”, “voy o’lmasam”dan nariga o’tishmaydi odatda)

Lekin bularning bari u Sening do’sting degani emas… U Seni boshqa sinfdoshlaringdan ko’ra yaqinroq sinfdoshing, kursdoshlaring ichida yaqinrog’i, hamkasblaring orasida  nisbatan ko’proq muloqot qiladiganing bo’lishi mumkin. Bu insonlar istalgancha shunaqa yaqin hamsuhbat  maslahatdoshing bo’lib yurishlari mumkin. Ammo bora- bora U,  yoki Sen,  biringiz ko’ngil qo’ya boshlaysiz, yoki ikkingiz ham… ha yaxshi ko’rib qolasiz…balki avval boshdan yoqtirgandursan.. o’zing ham ishonmagansan, tan olging kelmagan shunchaki…  tan ololmaydigan vaziyatdasan balki, bunga haqqing yo’qdur… yoki aksi bularni barini  u boshidan o’tkazib kelgandur… bu tabiat qonuni necha yillar, asrlardan beri shu… Ko’ngilga  biz do’st edik, to’xta deya olmaysan…

To’xtatma uni, yaralama… agar agarlar bo’lmasa yo’lingda… bo’lmasa shunchaki suhbatdoshligingcha qol…

P.S. “do’stlar” fotosi manbasi 🙂

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s