tek ə lʊk ərawnd

#np Take A Look Around// Limp Bizkit

All the tension in the world today
All the little girls fillin’ up the world today
Oxirgi kunlarda shu qo’shiqni ko’p tinglaydigan bo’lib qoldim. Har bir so’zi ayni haqiqatdek, ayniqsa naqoratini ushbu qismi:

#np HATE is all the world has even seen lately
Mehr yoki sevgidan ko’ra nafrat qamrab olgandek atrofni. Mehr berganlaring senga beparvo, o’zi bilan ovvora, shunaqa bo’lsa ham mayli…Mehringni muzlatib nafratga aylantirib ketishsa, undanda yomon. Yuraginingni nafrat kamerasi xuddi no available space deyishiga yaqin qolgandek.

Xoh ochiq, xoh yashirin ko’rinishda bo’lsin hamma alamzadadek, xoh jim, yoxud nolib tursa  ham ichida  alam to’lib ketgandek. Qalblar qora ko’mirdek qorayib ketgandek…

Har bir shaxs o’zini manfaatini o’ylab har xil qabixliklardan toymayotgandek. Adolat degan so’zni faqat  lug’atni L harfili qismidan izlab-izlab topadigan zamondek go’yo.

Shunaqa paytda haqiqiy oliyjanob insonlarning borligi, uzoqda bo’lsa ham  qalbi pok insonlarning Sen bilan ekanligi ko’nglingni yorishtirib yuboradi.

#np When the good comes to bad, the bad comes to good

Hammasi bugun 150 rubl miqdordagi summani bir rus saytidagi hisobimga tushurolmay xunobim chiqqanidan boshlandi. Na o’zbek na ingliz visa kartam orqali summani to’lay oldim. Avval sayt bir tizimda hisob to’ldir keyin bizga o’tkaz deyotgan bo’lsa, narigi tizim esa boshqa bir tizimdan pul tushishi kerakligini talab qildi… Shunda menga yetti yot begona  inson o’zini rus to’lov kartasi orqali summani to’lab og’irimni yengil qildilar. To’g’ri $2.5 ham  chiqmaydigan, juda kichik summa, lekin shuni ham to’lay olmay jig’i biyron bo’lib turganingda,  shu kichik yordam ham ko’nglingni ko’taradi.

Yoki meni rosa ichim achiydigan bir mashina bor. 3-4 marta mindim shekilli, mashinani kalitini burab, o’t oldirib, yurgizib, tezlikni oshirib haydab ketgungacha bo’lgan algoritimni buzaverib, bechorani har kuyga soldim. Kalitni yana bir marta burashga hijolat tortib turganingda mashina egasi “bugun ancha yaxshiroq haydayapsan, yana picha hayda” deb tursa ko’ngling ko’tariladi. Aslida uni o’zi ham,  mashinasi ham senga yetti yot begona bo’lsada.

Eng ko’nglimni ko’taradigani esa meni yetti yot begona lekin qadrdonim opam. Okean ortida o’zini tashvishu yumushlari boshidan oshib yotgan inson sen uchun qayg’urib tursa… Hali gapirmasingdanoq ko’zingga qarab yoki nafasingdan nima demoqchiliginni, nima his qalayotganligingi bilib tursa…Seni qo’llasa, tergab tursa, oldinga intilishinga turtki bo’lsa… Blogpostni boshidagi gaplar shuv-shuv yuvilib suvga oqib ketadi, o’zing esa umid bilan, shijot bilan ertangi kun sari qadam tashlaysan.

Shunaqa gaplar azizlar… balandparvoz eshitilishni istamayman. Lekin Lim Bizkit aytgandek atrofga bir boqsak…yaxshilik qilib tursak yaxshi bo’lardi…

P.S. Qo’shiq matniga havola

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s