huː wiː wɜːr ænd huː wiː ɑː

O’tmish

02.02.2009   Mikroiqtisodiyot fanidan ma’ruza, oliy o’quv yurti, Toshkent.

Birinchi kurs talabalari ikkinchi semestr darslarini endigina boshlagan hafta. O’tgan semestrda makroiqtisodiyot fanidan kafedraning eng tajribali ma’ruzachisini tinglab, ma’lum bir nazariy bilimlarga ega bo’lgan  auditoriya shovqinini xonaga shasht bilan kirib kelgan ( did bilan kiyingan, o’rta yoshli, jikkakkina) ma’ruzachini tomoq qirishi bo’ldi.

  • Birinchi kurs menejmentmisizlar?

Talabalar tasdiqlashdi.

  • Hmmm…tushunarli… Sizlarni bir yaxshilab tarbiyalab qo’yish kerakka o’xshaydi. Bu nima ahvol? Bo’ldi endi maktab, kollej davri tugadi…Sizlar oliygohdasizlar…. 10 daqiqa o’tdi… Hatto ayrimlaring formada emas… Galstugi yo’qlar o’rnidan tursin… Oradan taxminan 25 daqiqacha vaqt o’tgandan keyin, xonaga dekan kirib keldi:
  • Uzr darslaringni bo’ldim 5 daqiqa vaqtinglarni olaman xolos. Tarbiyaviy soat darsi tarbiyaviy tanaffus bilan bo’lindi. O’rtoq A nega galstuging yo’q, o’rtoq B nega soching o’sgan, seni nega soqoling o’sgan… 4 daqiqadan so’ng…Ha aytgancha men o’zi birinchi semestrda hamma fanlarni yopolmaganlar masalasida kirgandim. Keyingi hafta – qayta topshirish haftasi, jadvalni dekanatdan kirib ko’ringlar. Mayli, domla, davom etaveringlar.
  • Ana men nima deyotgandim, dekaninglar ham jon kuydirayapti…Bizda eng muhimi tartib intizom, xulq-atvor…50 daqiqa o’tdi… 79 daqiqa.. Gaplarimdan xulosa chiqazinglar. Starosta, kimlar yo’q bugun? Hamma bor? Bu yaxshi, shunday bo’lsin.

Qo’ng’iroq chalindi.  “Mikroiqtisodiyot’’ga oid hech  so’z bormagan ma’ruzadan talabalar bitta “a” harfining o’zgarishi  iqtisodiy fanni pand-nasihat va’ziga aylantirib yuborish kuchiga egaligini bilib chiqishdi.

21.02.2011 Iqtisodiy tahlil va audit asoslari  fanidan ma’ruza, oliy o’quv yurti, Toshkent.

Yana yangi semestr, yangi fan, lekin auditoriya ham, talabalar ham va yana nimadirlar o’sha-o’sha… Bu safar xonaga o’ta haybatli, qorindor ma’ruzachi kirib keldi. Bir marta ma’noli qarab qo’ysa, auditoriya jimib ulgurmadi.

  • 3-kurs menejmentmisizlar?

Old partadagi talabalar ma’qullashdi.

  • Hmmm… uchinchi kursga, qolaversa menejment yo’nalishi talabalariga hech o’xshamaysizlar. Bu nima tartib? Bo’lajak rahbar kadrsizlar, hali bu ahvolda kimni boshqara olasizlar… 10 daqiqa…Iqtisodiyotimizning kuni sizlarga qoladimi? 25 daqiqa…77- daqiqa… Starosta kim? Kimlar yo’q? Ehhe, 5 ta talaba yo’q… Bu nima degan gap…? Yaxshi bugungi sanani qo’yib, mavzuni yozib qo’yinglar: “Iqtisodiy tahlil va audit asoslari faniga kirish”.

Qo’ng’iroq chalindi. Ma’naviy tahlildan navbatdagi saboq olgan talabalar auditoriyani tark eta boshlashdi.

30.05.2011 Iqtisodiy tahlil va audit asoslari fanidan ma’ruza, oliy o’quv yurti, Toshkent.

Ma’ruzachi ko’rindi. Bu safar  auditoriya  tezda tinchlandi, har qalay yana va’z eshitishga hechkimda xohish yo’q edi.

  • Xo’sh o’tgan gal qaysi mavzuda to’xtagandik?

Ketma-ket faqat sana, mavzu nomi, sana, mavzu nomi yozilib ketilgan daftardan o’tgan dars mavzusi o’qib berildi. 4-5 nafar a’lochi talabalarning yuziga quvonch yugirdi, nahotki dars o’tsak?!  Qayerda… Eshik ochilib, darsga kech qolgan 3 nafar talaba kirib kelib qoldi va bo-o-shlandi… 5 daqiqa…25 daqiqa…77-daqiqa yo’qlama, mavzu, qo’ng’iroq.

E, uzr, dekan kirib yo’qlama  va 5 daqiqali ma’ruzacha qilib ketgani orada qolib ketibdi. Orasiga qo’shib o’qib yuborarsizlar.

Bugungi kun (o’sha auditoriya, o’sha talabalar safida bo’lgan qizning singlisi)

30.03.2016 Tarix darsi, akademik litsey, Toshkent

Sinfga  past bo’yli  notanish  ikki kishi kirib, o’zlarini  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan ekanliklarini, universitetda o’tkaziladigan  germaniyalik delegatlar ishtirokidagi tadbirga nemis tilini yaxshi biladigan o’quvchilarni  qatnashchi sifatida olgani kelishganini aytishdi.

  • Nemis tilini biladiganlar o’rnidan tursin.. Hmmm yaxshi… Hoy orqa partadagi bola, sen tur-chi!
  • Men? Lekin men nemischa bilmayman, men ingliz tili guruhidaman.
  • Ana,  bo’ying ham novchagina ekan. Bo’pti, inglizchayam gapiraverasan bo’laveradi, formang ham bip binoyidek.
  • Inglizchayam yaxshi gapira olmayman-da.
  • Ey, men aytganimdan keyin bilasan, ko’p gapirmasang-chi, chiq  degandan keyin chiq!

O’quv kalendarini har kuni qanchadan qancha ta’lim maskanlarida bu hol bo’larkin takror deya o’ylab qolganingda,televizor yangiliklarida suxandon qizning navbatdagi lavhamiz ”Kim edigu, kim bo’ldik” tadbiridan deb qolishi javobdek go’yo.

Advertisements

One thought on “huː wiː wɜːr ænd huː wiː ɑː

  1. Pingback: Таълим тизими: кеча ва бугун – ТАФСИЛОТ

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s