ðə kəstəmər ɪz kɪk

Mijoz bank uchun yo’g’ey bank mijoz uchun…

15.02.2010 Friedrichstraße Savdo markazi, Berlin, Germaniya

Ikki kundan beri uyoq bu yoqdan gaplashib, O’zbekistondagi hamma xabarlarni aytib, talaba qizining ham deyarli barcha yangiliklarini eshitib bo’lgan ota bugun qizini shoppingga olib bordi. “Bir ust-bosh olib beray senga” deb, Berlinning eng gavjum savdo markazidan biriga borishdi. 4-5 soatlik xariddan so’ng ota tavbasiga tayandi:

  • Kel, qizim qolgan narsalarni o’zing sekin uchraganda olib olarsan, men senga pulini berib qo’ya qolaman, charchadim bugun.
  • Aha mayli, unda u bu narsa yeb olib uyga ketamiz.
  • Mana esda borida berib qo’yay , deya 10 ta Franklin surati tushirilgan ko’k qog’ozni stol ustiga qo’ydi.

“Men, hozir” deya qiz shoshilgancha  Cash point (bankomat) tomon yurdi va pulni bankomatga kirgizib yubora boshladi. Otaning ko’zlari ola-kula bo’lib ketib:

  • Hooy, to’xta! Nima qilayapsan?!
  • Pulni plastik kartamga tushirib olyapman.

Otani bu   qog’ozlarni naqd valyuta ko’rinishida qo’liga olgunicha ne zahmatlardan o’tgani, bari bari “slayd shou”dek ko’z o’ngidan o’ta boshladi… Ish haqqisini plastik kartasida oylab yiqqani, keyin uni o’zing  bankda ishlaydigan talabalaridan biriga iltimos qilib naqd pul qilib olgani, naqd pulni olib yana boshqa shogirdidan iltimos qilib olgandi Franklinlarni. Qizi esa shartta oldiyu, yana plastikka tushirib yotibdi. (O’zi bank moliya sohasida dars beradigan  ota qizining nega bunday qilayotganini mohiyatan tushunib  tursada, yuragi achidi naqd pullar kartaga o’tib ketayotganiga) “Shunaqasiyam bo’larkanda…ha mayli” deganicha qoldi…

10.10.13 LIDL supermarketi, Kardiff shahri, Buyuk Britaniya.  

Shopping listidagi hamma narsalani olib bo’lgan o’zbekistonlik  boshqa bir talaba qiz (Britaniyaga kelganiga 3-4 kun bo’lgan) kassaga navbatga turdi. Tezda navbati ham kelib qoldi. Kassir qiz:

  • Hi there, how are you today? (Salom, qandaysiz?) deya mahsulotlarni skaneridan o’tkaza boshladi.. That’s is £ 8.98 altogether, please. ( Hammasi bo’lib £ 8.98  )

Qiz plastik kartasini terminalga tiqdi. Endi pin-kodini terishga shaylanayotgan qahramonimizning xayolini sotuvchi yana bo’ldi:

  • Would you like any cash back today? (Naqd pul xohlarmidingiz?)
  • Sorry, what? (Uzr, nima?)
  • Do you want any cash back? (Naqd pul xohlaysizmi?)

Qahramonimiz sotuvchining gapini tushundi, lekin tushunmadi, “no,thank you” (yo’q, rahmat) deb qo’ya qoldi har ehtimolga qarshi.

Uyga kelganda birga turadigan singapurlik dugonasiga bo’lgan voqeani aytib berdi. Odatda supermarketlarda sotuvchilar naqd pul ham xohlaysizmi deb so’rab turishar ekan. Agarki, mijozga naqd pul ham kerak bo’lsa, har qadamda uchraydigan Cash pointga ovora bo’lib borib yurmasin deya, birdan olgan mahsulotlari bilan, yana kartasidan pul  ham yechib berishar ekan.  Shunaqasiyam bo’larkanda, ha mayli…

 

9:45 3.03.2015 Agro Bank To’ytepa filiali, Toshkent viloyati, O’zbekiston.

Bank hovlisini baland qora panjaralar ko’chadan ajratib turadi. Panjara ortida g’ala-g’ovur qilayotgan 25 tacha ayol va yana 5-6  erkak kishi, bari bankka kirishmoqchi. Darvozani esa militsiya xodimi yopib olgan. Emishki, bankda hali “oy yopilmagan”. Kimdir tushunyapti, kimdir yo’q, militsioner yana tushuntirayapti:

  • Hey xola, ish soati boshlangani bilan sizni ishingizni bitirib berisha olmaydi, programmasi, kompyuteri ishlamaydi toki fevralni yopishmaguncha. Bo’ldi tarqalinglarey, ertaga kelasizlar.

 Kimdir ketti, yana kimlardir kelib g’ala-g’ovurga qo’shilmoqda. Militsioner yangi kelganlarga to’tiqushdek haligi gaplarini takrorlayapti:

  • Birinchi chislo vixodnoy bo’lgan, shunga bular kechadan beri oy yopyapti, programmasi ishlamaydi…

Oralariga yangi kelgan 45 yoshlardagi ayol vaziyatni tushunganidan keyin, militsioner yoniga yaqin kelib:

  • Ukam meni ishim programmada bajarilmaydi. Shunchaki kassaga pul topshirib chiqsam bo’ldi,- deya ichkariga kirib ketdi.

Soat 10  ga yaqinlashganiga qaramay kassada hech kim yo’q. Sal narida holl o’rtasida 5-6 ta bank xodimi bo’lgan qizlar to’planib olib har xil bijuteryalar ko’rishmoqda.  O’rta yoshli sotuvchi ayol esa sotayotgan taqinchoqlarini birini qo’yib birini  maqtayotgandi. Qizlar safiga sekin-asta yigitlar ham qo’shildi, men qaysini olsam ekan singlimga, biri yoqtirgan qizi uchun taqinchoqlarni qaray boshladi. Bozor avjiga chiqib ketdi… Bir ammallab bank binosiga kira olagan qahramonimiz esa, o’ziga kimdir xizmat ko’rsatishini 5 daqiqacha kutdi… Keyin “bozorcha” yoniga yaqinlashib:

  • Qizlar kassaga kimdur qarab yubora oladimi?

 Qoshlari tim qorayu sochlarini oltin tusga bo’yab olgan qiz ko’z qiri bilan shunaqangi yomon qarash qildiyu, qo’lidagi taqinchoqlarni qo’yib kassa tomon yurdi…

Ishini bitirib chiqqan bu qahramonimiz “shunaqasiyam bo’larkanda, ha mayli” deb ham o’tirmadi.   

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s