Keyingi bekat London! Ogoh bo’ling!

Read the post in English

Assalom,  azizlar))

Bugun yakshanba. Odatda uy yumushlarini qila turib  musiqa yoki podkast eshitaman. Luke’s English Podcast (Lyukning inglizcha podkasti) so’ngi paytlarda eng ko’p eshitayotganimdir. Bugun London metrosi va unda yurish qoidalari  haqidagi  seriyasini eshitdim. Va bilasizlarmi nima? Sizlarni ehtimol rejalashtirgan, ehtimol orzu qilganingiz yoki xayolingizni ko’chasiga kelmagan safaringiz uchun as qotadigan ma’lumotlar-u maslahatlarni mujassamlashtirgan blogpost yozish istagi tug’ildi. Qarang, Sizni qanchalik yaxshi ko’raman-u, Siz o’ylamagan safaringizni o’ylab post yozayapman. Balki orangizda Londonga o’qishga, ishga yoki butunlayga ketayotganlar bordir, kim bilsin.  Kirish qismini ko’p cho’zmay maqsadga o’tamiz. Qani ketdik…

tube

Umumiy ma’lumotlar:

  • London metrosi rasman Underground (yer osti) deb  atalsa ham, Londonliklar uni tube (quvur) deb atashadi. Chunki aytishga qulayligi emas, shaklan quvurni esga solgani uchun;
  • 11 ta linya jami 270 bekatlarni tutashtirib turadi;
  • Underground xaritasini rangli ,  oq qora   yoki boshqa shakllarda yuklab oling.
  • Qachon qurilganligi, uzunligi, boshqa metrolar orasidagi reytingi va hokazo va ho1 ma’lumotlar uchun wikiga qarang.

Bizni bundanda qiziq va kerakli ma’lumotlar kutmoqda…

Foydalanish:

Yo’l kira

Demak,  yo’l kira qaysi zonadan qaysi zonaga borayotganingizga qarab to’lanadi. 9 ta zona mavjud, markazdan uzoqlashganingiz sari yo’l kira ham oshaveradi.  Jilmayib turuvchi chipta sotuvchi qizni uchrataman deb xomtama bo’lmang. Tube va boshqa London jamoat transportlarida yurishingiz uchun Oyster kartangiz bo’lishi kerak. Kartaga oldindan online tarzda  pul tashlab qo’yasiz, yoki bekatlarda bank kartangiz orqali ushbu kartaga pul tashlashingiz mumkin. Yoki agarda contactless bank kartangiz (aloqasiz bank kartasi) bo’lsa, Oyster kartaga hojat qolmaydi. Demak,  bekatga kirayotganda Oyster yoki contactless kartangizni gate (darvozacha)dagi maxsus joyga  tekkazasiz, va chiqayotganda yana tekkazib chiqasiz va aynan chiqqan bekatingizda kartadan kerakli summa yechib qolinadi. Oyster kartasini oldindan uy manzilingizga pochta orqali yetkazib berishlariga buyurtma qilishingiz, yoki bekatni o’zidan olishingiz, yana bitta yokisi biror tanishingiznikini ishlatib turishingiz mumkin. Yo’l kira to’lash masalasida batafsil ma’lumot uchun shu yerga qarang.

Bekat va vagonlarda yurish tartibi va yozilmagan foydali maslahatlar

Vaqti bemalollar eskalatorda o’ng tarafda turishadi, shoshayotganlar chap tarafdan yugurgandan sal sekinroq tushib ketaverishadi. O’rtada bu qoidadan bexabar birorta sayyoh xaritasiga qarab turib ketadi.

Undergroundda hech qachon to’xtab qolmang (eskalatorni o’ng tarafidan tashqari), yuravering… yuravering, chunki ortingizdan butun London kelmoqda. London metrosida tirbandlik kuzatildi sarlavhasi ostidagi xabarni  Sizning rasmingiz bezab turushini istamasangiz albatta.

Agar ertalab va kechki yo’lovchilar tig’iz paytda keyingi poyezdga qolib  ketmay desangiz, aynan poyezd kelib to’xtaganda vagon eshigi ochiladigan joyda turib poyezdni kuting. Bunaqa joy Yaponiyadagidek ko’rsatib, belgilab qo’yilgan desangiz adashasiz. Siz shunchaki ichki sezgingizga ishongan holda bu joyni aniqlay olishingiz kerak. Ha mayli kichik sirni ochaman, platforma chetida sariq bo’yoqli liniya tortilgan bo’ladiku, hoo o’sha linyaga sinchkovlik bilan qarasangiz  ba’zi joylari xira tortgan, o’cha boshlagan bo’ladi. Ana bingo topdingiz, o’sh yerda kutishingiz kerak.

Platformani ikki tarafi bo’ladi: entrance (kirish) va exit (chiqish). Yo’lovchi ko’p bo’ladigan paytlarda poyezddan qolib ketmaslikning ikkinchi siri: exit tarafda poyezd kuting, Sizga o’xshagan aqilli yo’lovchilar vaqtlarini tejash maqsadida vagonni aynan exitga yaqin tarafidan tushishadi (ko’pchilikni tashkil qiladi bu qism), demak vagondan ko’p odam tushgandan keyin ko’proq odam chiqa oladi.

Agar manzilingizga yetishda bir linyadan boshqa linyaga o’tishingiz lozim bo’lsa, metroda ketarkanman deb xursand bo’lishga shoshilmang. Linyalar orasida anchagina piyoda yoki eskalatorlarda yurishingizga to’g’ri keladi. Agar linyani 2 marta almashtirishingiz kerak bo’lsa, Sizga havas qilmay qo’ya qolaman. Linyadan linyaga o’tish ko’rsatmalari devorlarning yon va tepa qismida ko’rsatilgan bo’ladi, Siz faqat ular ortidan borsangiz bo’ldi…

Ustiga ustak haydovchilar ish tashlashlar qilib turishadi, va ayrim linyalar yopiq bo’lishi mumkin. Shuning uchun uydan chiqishdan yoki metroga tushishdan avval internetdan bir tekshirib olsangiz zarar qilmaydi.

Yana bir bor aytaman aslo to’xtab qolmang, yurish tezligingiz ham google maps walk speed (google xaritasi nazarda tutadigan piyoda yurish tezligi) bo’yicha bo’lishi kerak. Aslida bundan xovotir olmasangiz ham bo’ladi, Sizdan ortda va oldinda ketayotganlar o’zlari Sizni bu tezlikka  tushirib olishadi.

Demak, endi vagon ichiga kiramiz. O’qishga nimadur olib oling (gazeta, kitob), yoki musiqa tinglab ketsangiz ham bo’ladi. Agarda  iPod yoki telefoningizda musiqa tinglayotgan bo’lsangiz, uni bits bitsini atrofdagilar eshitishi shart emasligini yodda tuting. Agar Sizni yoningizda bits bits ketayotgan bo’lsa uni turtib musiqa ovozini pastlashini so’ragandan ko’ra, ritmga mos ravishda oyog’ingizni yerga nomiga urib, yoki barmoqlaringizni o’ynatib uni e’tiborini qaratib istehzo bilan kulib qo’ysangiz, o’zi tushunib oladi.

“Yoshi katta, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy bering, ogoh bo’ling! Ogohlik davr talabi!”: deyilmasa ham joy bering… To’lachadan kelgan va homilador ayolni farqlay olishingiz kerak. Mobodo adashib homilador ayol deb joy berib qo’ysangiz, u ayolni xafa qilib qo’yishingiz mumkin. Yoki sochiga oq oralagan kishiga joy bersangiz-u, u hali ko’nglida 18 yosh bo’lsa, u ham ranjiydi. Xullas, ogoh bo’ling!

Kimnidir bexosdan turtib yuborsangiz yoki oyog’ini bosib olsangiz uzr so’rang (samimiy xijolatdagi yuz ifodasi bilan : “oooh, sooorry” yoki “I am so sorry”). Agar Sizni kimdur bexosdan turtib yuborsa yoki oyog’ingizni bosib olsa, uzr so’rang, ha yana Siz (ajablangan, mendan uzr so’rashing kerak qabilidagi ammo samimiy yuz ifodasi bilan: bitta “o”lik “oh, sorry” deysiz).

Eshiklarga “suyanmangiz” deb yozilganligi uchun emas, o’zingizning xavfsizligingiz uchun aslo suyana ko’rmang. Chunki qaysi bekatda qaysi tomondagi eshiklar ochilishini yodlab ulgurguningizga qadar London bilan xayrlasharsiz balki.

Men ham Siz bilan xayrlashaman hozircha…Keyingi bekatgacha yo’gey postgacha 🙂

P.S.1. “hokazo va ho” iborasi mualliflik huquqi institutimizda chizmachilikdan dars beradigan Umid aka tegishli, familyalari yodimda yo’q.

  1. Rasm manbasi.

Blogpost Luke’s English Podcastning ushbu mavzudagi seriyasi hamda bloger boshdan kechirganlari asosida yozildi.

Advertisements

2 thoughts on “Keyingi bekat London! Ogoh bo’ling!

  1. Pingback: The next station is London (Guidelines for underground users ) | MenSenvaUlar

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s