My way of learning French

image002             Photo source ©  Je Parle Français. Le français pour tous et tous pour le français.

Assalom MenSenvaUlarchilar 🙂

Yodingizda bo’lsa, bundan avvalgi postimda qish oylarida nimalar bilan shug’ullanmoqchi ekanligim bilan o’rtoqlashgandim. Ayrim ishlar hali rejaligicha qolmoqda, lekin fransuz tili bilan shug’ullanishga astoydil kirishdim. Bugun Siz bilan aynan shu haqida gaplashamiz, yani kelgusida fransuz tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz, bu post aynan Siz uchun.

Hey everyone,

If you guys remember, I wrote my resolution for winter in my previous post. Some of the points of the to do list are still remaining untouched, however, I’m very determinant with my learning of French. Today I’d like to share about how I started all and how well I’ve done so far. So if you’re planning to learn French anytime soon, this is the post for you.

O’zbekistonda to’g’rirog’i Toshkent shahrida fransuz tilini o’rgatadigan professional va shuningdek eng taniqli markaz bu Toshkent Fransuz Alliansidir (AFT). Men ham ishni aynan ularning kurslariga yozilishdan boshladim. AFTda fransuz tili 8 ta darajaga bo’lib o’tiladi va har bir daraja 3 oy davom etadi. AFT o’z o’quvchilari uchun boy kutubxonaga ega va so’zlashuv darslarini ham bepul tarzda taklif qiladi. Meni bir xislatim to’g’rirog’i “kasalligim” bor. Nimayiki qilmay, mukammal darajada qilishni istayman. AFTning boshlang’ich kursiga yozildim, o’qish boshlanishiga bir oy vaqt bor, men esa bu vaqtda fransuz tilini onlayn tarzda o’rganishni boshlab yubordim. Chunki guruh boshlang’ich bo’lishiga qaramay o’quvchilar orasida fransuz tilini oz-moz biladiganlar bo’lsa-yu, mening esa butun boshli fransuz tili boyligim “merci” va “bonjour”dan iborat bo’lsa degan o’y tinchlik bermadi :).

There are plenty French language schools in different countries. However,
I believe French Alliance is the most popular and professional one offered by France itself. Therefore, I also registered to a Beginner French course at Tashkent French Alliance (AFT). They offer French courses in 8 different levels as a group and  on an individual basis. Each level lasts three months and the AFT offers its rich library and conversation sessions at no cost for its students. Now let me open you a secret, I suffer from an illness called perfectionism. Although, I did registered to AFT’s beginner courses and there was a month before the lesson to start and meanwhile I started learning the language online. Why? Because, what if there are people who know the language a bit in the group, and my French vocabulary is limited to “merci” and “bonjour”, this might be a shame for me :).

Shunday qilib alison.com’da Basic French kursini boshladim. Kurs yaxshi tuzilgan, mavzular ketma-ketligi, uzviy ravishda murakkablashib borishi, hamma-hammasi yaxshi. Lekin ikkita ammosi bor ekan. Menga zerikarlilik qildi va kurs materiallari onlayn bo’lganligi uchun faqat uyda vaqtimdagina shug’ullana olar edim.

So I started Basic French course at Alison.com. The course set is pretty well, the topics are well linked and become progressively difficult. However, it has two cons. Firstly, I found it a bit boring and secondly the content is only available online. So I could do it when I was at home only.

Keyin telefonimdagi Memrise ilovasi yodimga tushib qoldi. Fransuz tilini o’rgatuvchi bir qancha kurslar ichidan birini tanladim va u albatta French 1 (boshlang’ich kurs). Kursda yangi so’zlar/jumlalarni o’rganish bilan bir paytda eshitish, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini mashq qilish imkoni bor. Undan tashqari darslar orasida o’yin tariqasida qo’shimcha mashqlar qo’yilgan. Misol uchun fransuz josusi bilan gaplashish va undan maxfiy ma’lumotlarni olish va hokazo. Menga eng yoqqani esa so’z va jumlalarni fransuzlarning o’zi talaffuz qilgan hollar videolarda berib borilishidir. Balki qaysidir so’zni aynan uni go’zal bir fransuz qizi/yigiti aytgani uchun ham eslab qolish oson kechar, kim bilsin :). Hali eng ajoyib qismini aytmadim, ajoyibi shundaki kursni yuklab olish mumkin va istalgan yerda shug’ullanishni davom ettirish mumkin. Bir oy ichida French 1ni tugatib French 2ni ham boshlab yubordim.

Then I remembered about the Memrise app on my phone. There were also plenty courses available and obviously I chose French 1 (which is for beginner level). One can practice his listening, reading, writing (spelling at this level :)) and speaking skills while learning new vocabulary. There are game sessions between some lessons, where you can talk to a French spy and try to obtain confidential information from him. The thing I like most about it that it has videos where native French speakers teach you phrases/words. Who knows, maybe you can learn the words easily because they are pronounced by a handsome French guy or a beautiful French girl…? 🙂  Oh, I was nearly skipping another wonderful advantage of it which is the content is downloadable, so one can do the course on the go. In a month I finished French 1 and started French 2.

Fransuz tilini o’rganish uchun yana bir foydali manba bu – Learn French by Podcast . U yerda boshlovchi, davom ettiruvchi va mukammal darajada o’rganmoqchilar uchun fransuz tili audio darslar orqali o’rgatiladi. Har bir darsning ko’rsatma va mashqlari pdf shaklida yuklab olinishi mumkin. Yani eshitasiz, o’qiysiz va o’rganganlaringizni mustahkamlaysiz. Aslida podcast materiallari pullik. Masalan, barcha darslar narxi 100 AQSH dollariga teng. Ammo materiallarning dastlabki qismini (90 ta dars) mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. Dastlab twirpx.comda ro’yxatdan o’tasiz, sayt yangi ro’yxatdan o’tganlarga bonus sifatida ball taqdim etadi, keyin esa materiallarni ballarni sarflagan holda yuklab olishingiz mumkin.

There is another super useful source to learn French – Learn French by Podcast. It offers lessons from beginner to advanced level. On top of the podcast episodes, the downloadable script files are available in PDF  which also have instructions and exercises to practise.  So you listen, read and practise what you have learnt.  

Bularga qo’shimcha ravishda o’zimning ikki sevimli fransuz qo’shiqchilarim (Stromae va Indila) qo’shiqlari va ularning so’zlari tushirilgan videolarni Youtubedan yuklab oldim. So’zlarini tushunmasam-da yurgan yo’limda qo’shilib hirgoyi qilib yuribman. Orada bitta ikkita so’zlarini tushunib qolsam, xursand bo’lib qo’yaman :). Hozircha shu, yana birnima fikrlar kelib qolsa albatta o’rtoqlashaman.

À bientôt! 😉

Learning should be fun, so I have downloaded almost all videos of my favourite French singers (Stromae, Indila) songs with their lyrics. Even though, I don’t understand, I just sing together with them and get over the moon if I can notice a word or two which I’m familiar with. So far this is it. I will share more with you guys  once I get more ideas.

À bientôt! 😉

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s