Deə

2017 yil, iyun (kuni esimda yo’q)

Telefonim jiringladi:

  • Alyo, assalomu alaykum. E’lon bo’yicha telefon qilayapman. Uyni borib ko’rsak bo’ladimi?
  • Assalomu alaykum, ha albatta. Qachon kelmoqchisizlar?
  • Hozir.
  • Hozir? Mayli…, yaxshi. Manzilni tushuntiraman….

 

Eshikdan bir yoshgina bola bilan qiz qo’l ushlashib kirib kelishdi. Qiz oq kofta qora yubkada, sochlari yengil jingalak qilib turmaklangan, qo’lida kichik qo’l sumkasi. Ko’chada ko’rganimda maktabdan, oxirgi qo’ng’iroqdan kelayapti deb o’ylar edim. Bolani qo’lida plastik paketda bitta non bor.  Man na hayron bo’lishni, na bularni jiddiy olishni bilmay…

  • Kelinglar, ikkalanglar yashamoqchisizlarmi?
  • Ha.
  • Yaxshikuya…Yoshinglar nechida?
  • 18 da, mana pasportim ham bor, – deb, uzatdi bola.

Rostdan ham endigina 18 ga to’lgan. O’zimni singlim ham yaqinda 18 ga to’ladi, man uchun hali juda kichkinadek tuyulaveradi doim.

  • Qayerdan kelayapsizlar, ota-onanglar bilishadimi?

Qizni yuzi qizarib ketdi. Bola uni qo’llarini mahkamroq tutdi. Xuddi sekinroq ushlasa kimdir ikkalasani ajratib qo’yadigandek.

  • Farg’onadanmiz, ha bilishadi.

 

Yana savollar berib ularni qiynagim kelmadi, vaziyat o’zi qolgan narsalarni aytib turgan edi. Mani esa ularni bir- birini qo’llarini mahkam tutib, dadil gapirayotganliklari, davon osha shu yergacha kelganliklari, hech nimadan qo’rqmasdan turishlari havasimni keltirdi.

Aqlini tanigan, katta yoshdagi inson anchayin qo’rqoq bo’ladi, ming xil narsani taroziga soladi, o’ylaydi… qancha orzulari o’yligicha qolib ketishi mumkin… Bu ikki o’smirning bunaqa o’ylamay ish qilishini oqlashni ham, boshqalarning yetti o’lchab umuman kesmasligini ham muhokama qilmoqchi emasman. Shunchaki ularning jasorati manda bugun blogpost yozishchalik tassurot qoldirgan ekan.

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s