Hjuːmən

U5drxR46rzmYkuWDcsRAy5q99KGLzfo_1680x8400© Google image search

5 fevral, 2018. Sharl – de- Goll aeroporti, Parij.

Parijdan keyingi fransuz tilida so’zlovchilar yashaydigan ikkinchi katta shahar Montreal sari uchayotgan samolyot borti yo’lovchilar bilan to’la. Xushmuomala stuyardessa va styuardlar yo’lovchi o’rindiqlari tepasidagi yuk bo’lmachalari eshiklarini yopib chiqish bilan ovora. Shunda ob – havo noqulayligi bois parvoz noma’lum muddatga kechiktirilishi e’lon qilindi. Qahramonimiz esa doimgidek nimadir tomosha qilish uchun oldidagi o’rindiq orqasiga o’rnatilgan mini ekranchani yoqdi.

Choisir la langue …

                   English

                      Movies….

                       ….

Filmlarga ko’z yugurtirib chiqarkan, bir film nomi diqqatini tortdi, ‘Inson’. Play >

Filmda butun dunyo bo’ylab turli irq, yosh, jins, din vakillari o’zlarining hayotiy hikoyalari, qarashlari aks ettirilgandi. Kimdir ular uchun baxt nimaligini aglatishi haqida so’zlasa, boshqa biri hayotidagi eng katta pushaymonini eslardi… Insonlarning so’zlari oddiy va bir o’rinda murakkab masalalar haqida so’zlar, kulgan, jilmaygan, yig’lagan, jahldor ko’zlardan samimiylik ufurib turardi. Ularning qarashlari, fikrlariga boshqalarning qo’shilishi yoki qarshi bo’lishi, bari bu – boshqa masala. Qahramonimiz shunchaki hayotining o’sha, Parijda samolyoti kechikib uchmay to’xtab turgan 2 soatini,  boshqalarning baxtiga, qayg’usiga sherik bo’lishga sarflaganinidan mamnun edi. Zamondoshlarining qiyinchiliklari, yutuqlarni eshitib… g’alati hisga tushib qoldi. Shuncha eshitilmagan hikoyalar, ko’z yumilgan hikoyalar… O’zining ham hayoti bir necha hikoyaga siqqulik….(bunisi boshqa hikoya..).

Aisha (40 yoshlarda) – Senegal

Mening erimning ikki xotini bor. Senegalda bu oddiy holat (kuladi). Bazilarni 4 nafar xotini bor, boshqalarda 3, 2, 7, 8 hatto 10 nafargacha xotini borlar bor. Lekin ayrimlarda faqat bitta, ular shuni tanlashgan. Men erimni birinchi xotiniman. Kundoshim bilan murosa qilib yashaymiz, dugona bo’lib, inoq bo’lib ketganmiz.

Abir  (38 yoshlarda) – Livan

Turmush o’rtog’imdan ajrashmoqchi edim. U ota-onamning uyiga keldi, eshik ochiq edi. Uyga kirgach ko’ksimga pichoq urdi. Hayotimning o’tgan har soniyasi ko’z o’ngimdan o’ta boshladi… Avvaliga u meni shunchaki qo’rqitmoqchi deb o’ylagandim. Yana bir necha bora pichoq zarblaridan keyin yerga yiqildim…Men yaxshi ko’rgan, meni sevgan inson, 10 yil birga umr kechirganim, farzandlarimning otasi bunday ishga qo’li borishi aqlimga sig’masdi… yerda yotsamda atrofdagi ovozlar qulog’imga kirayotgandi. Xonaga qizim yugurib kirib ‘ayajonim o’lib qoldi’- deb baqirayotgandi. Aslida bu hayotimning so’ngi emas, boshlanishi bo’ldi. O’rnimdan turishim, irodali bo’lishim kerakligini tushunib yetdim, o’zgarishim kerakligini angladim. Ollohga shukur kuch bergani uchun, Alhamdilliah.

Sobira (55 yoshlarda) – Qozog’izton

19 yoshimda meni bo’lajak turmush o’rtog’im (meni uzoqdan ko’rgan xolos), qozoq udumlariga ko’ra o’g’irlab ketdi. Bu albatta ota-onamning roziligi bilan bo’lgandi, otam menga bu haqida aytgandi ham. Men esa otamga hali turmushga chiqishni istamasligimni, o’qimoqchi ekanligimni aytgandim. Ammo otam allaqachon roziligini bergandi va kunlarning birida meni olib qochib ketishdi…mashina 300 kmcha yurgandan so’ng, uylariga yetib bordik, meni esa kirgim kelmasdi…

Wa’laa (22 yoshlarda) – Livan

Men hozir pardoz qilganman, to’g’rimi? Jozibador ko’rinyapman-a? Agar biror bir kishini menga ko’zi tushsa, yana qaragisi keladi-a? Ha. Bir marta qarashi oddiy holat, ammo u 2 yoki 3 bor qarasa, bunga men aybdorman: chunki men pardoz qilganman, uni menga qarashga majbur qilyapman. Erkaklar ayollarning husniga osonlikcha rom bo’lishadi. Shuning bois men qilayotgan ish xato. Islomga ko’ra men o’ranib yurishim, mendagi bu go’zallikni yashirishim kerak…Men yana ham dindor bo’lmoqchiman, bu xato ishimni kimdir cheklashi kerak (jilmayadi).

Maria (35 yoshlarda) – Italiya

…O, yo’q hech bu haqida o’ylamaganman. Erkak kishi bo’lishni istamasdim. Erkaklar oson hayot kechirishadi. Judayam. Oson hayot esa zerikarli. Kasb jihatdan, boshqa masalalarda ham ularga oson. Ayollarga esa qiyin. Menga qiyinchiliklarga qaramay o’z maqsadlarim sari intilishim yoqadi. Hech bir so’zsiz ayol kishi bo’lishni afzal ko’raman.

Milia (55 yoshlarda) – Peru

Bugun men o’zimni erkin his qilyapman. Endi hech nimani shoshib qilishimga hojat yo’q. Men yaqinda ajrashdim (kuladi). Uzr, bu kulgili gap emas-a? Balki boshqattan boshlaymizmi, bunaqa gaplarni aytmasligim kerak. Endi tayyorman, boshqa kardmi bu?  Ammo men o’zimni yaxshi his qilyapman, men… erkinman…

Brahima (35 yoshlarda) Burkina Faso

Baxtimizga bizda ko’p erlilik yo’q, ko’p xotinlilik bor, ammo ayollar ko’p erli bo’la olmaydi. Baxtimga deyishimga sabab, meni ayolim bir vaqtda boshqa bir erkakni sevsa…bu juda qiyin bo’lardi, o’ta murakkab. Chunki men o’ta-o’ta rashkchiman. Men ayolimni bir tunni boshqa biri bilan o’tkazishi va ertansi kuni meni yonimda bo’lishi… bunga chiday olmasdim. Aslo. Shuning uchun ham baxtimga Burkina Fasoda ayollar uchun bu mumkin emas. Yo’q, men buni tasavvur qila olmayman.

Arsene (45 yoshlarda) Burkina Faso

Dam olish kunlari uyda men taom tayyorlayman. Bir kuni bir do’stim mehmon bo’lib keldi. Hayron bo’lib:

 – Ovqat qilyapsanmi? Xotining kasalmi? – deb so’radi. Uni dam olayotganini aytdim. U battar hayron bo’lib:

  • Xotining dam olayotganda, sen ovqat qilasanmi?
  • Ha, u ham dam olishi kerak. Shunda u:
  • Men xotinimni sizlarnikiga hech olib kelmayman. Uni aqliga har xil fikrlar berishinglarni xohlamayman deb qoldi. Shunda unga tushuntirishga urinib ko’rdim, ular ham odam dam olishga haqlin ekanligini aytdim.

 Nima bo’lganda ham oilam uchun taom tayyorlash menga zavq bag’ishlaydi.

Synsia (20 yoshlarda) Rvanda

Men hozir qamoqdaman, chunki abort qildirdim. Men majbur edim, o’qishimni davom ettirishimni xohlardim. Homiladorlik, tug’ruq va undan keyingi bola parvarishi, bular bari ko’p vaqt olardi, men esa o’qishimdan qolib ketar edim. Bugun ozod bo’ladigan kunim, xursandman endi o’qishga qayta olaman. Vaqti kelib farzandim ham bo’lar, hamma kabi.

Kadia (15 yoshlarda) – Senegal

O’gay otam meni zo’rlaganida 11 yoshga to’lmagan edim. U  onamning ketishini kutib, xonasini tozalab berishimni so’radi. Kirganimda og’zimni yumib meni yotoqqa otdi. Ovoz chiqarsam o’ldirishini aytdi. Men jim qoldim, u meni zo’rladi. Agar, hozir undan o’chimni ololganimda edi, uni pichoqlardim.

Krispina – Filippin

Turmush qurganinimizga ikki hafta to’lganida, u meni ura boshladi. Bu davom etaverdi, farzandli bo’ldik. 7 nafar farzandimiz bo’lganda ham u meni kaltaklardi. Oxiri chiday olmadim, o’ldirdim uni. Hech achinmayman, u bizni yaxshi ko’rmas edi. Men esa farzandlarimni jondan ortiq ko’raman.

Kaye – Tailand

Men foxishaman. Men butunlay o’zimdan voz kechdim, oilam uchun. Ota- onam fermerlik qilishadi, daromadlari juda kam. Shuning uchun barini o’z bo’ynimga olganman…. Yolg’iz boshimga ko’p ishlashim kerak. Qizim Lilianning taqdiri menikiga o’xshamasligi uchun, uning ta’lim ola olishi uchun ko’p ishlashim kerkak. To’g’risini aytsam charchab ketdim, holdan toyganman.. juda ham…Lekin men chidayman, chidashim kerak.

Hikoyalarni eshitarkan qahramonimiz ba’zan hayratlanardi, ba’zan ko’zidan yosh oqardi. Og’irlik qilganidan bir nech marta filmni to’xtatib qo’yishiga to’g’ri keldi, xuddi hozirgi kabi. Siz bilan femenistik ruhdagi ayrimlarini bo’lishdim xolos…Qolganini shunchaki ko’ring.

human-6.jpg© Google image search

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s