ˈBaɪɪŋ maɪ fɜrst kɑr ɪn ˈKænədə

2014-Honda-Civic-silver-rear-three-quarters

(c) Rasm Googledan o’g’irlandi.

 

Anchadan beri mashina olaman deb yurgandim. Shu paytgacha hech mashinam bo’lmagan, garchi haydovchilik guvohnomamni 2011 yilda olgan bo’lsam ham. Guvohnoma uyda chang bosib, o’zim oylik chipta bilan jamoat transportida yuraverardim. Hozirga qadar tarozini tejamkorlik (mashina, uni ta’mirlash, sug’urta, yoqilg’i va h.zo xarajatlarisiz yashash) va atrof muhitga zarar yetkazmaslik (bunisi shu postni yozyotganimda aqlimga kelib qoldi :))  pallalari og’ir kelib yurgandi. Endilikda jamoat transportida yo’qatoyotgan vaqtim, transport kutib qolgandagi yo’qatoyotgan asablarim va Ottavani qish oylarida sal ko’proq bekatda turib qolsa bormi odam… shularni bari yuqoridagi pallani bosib ketib, mashina olishga qaror qildim. Xayr senga, oylik chipta!

Mashina rusimi

 Ochig’ini aytaman, mashinani yurgazishdan boshqa u haqida deyarli hech narsa bilmayman. Uzoq tanaffusdan keyin mashinaga o’tirsam, hayday olishimga ham shubha tug’ilib qoladi o’zi :).  Mashina olish hayolimni band qilgandan beri, ko’chalarda faqat mashinani tashqi ko’rinishi va rangiga qarab: bu bo’ladi, bu unchalikmas, voo mana bunisi zo’r ekan kategoriyalariga ajratib yurgandim. Keyin turmush o’rtog’im bilan maslahatlashib Honda Civic olishga to’xtaldim. Sabablari oddiy: Yapon avtomobillari uzoqqa yetadi, ko’p ta’mir talab qilmaydi, narxlari ham o’ta baland emas, mashina gabaridi o’rtacha.

Yangi yoki ishlatilgan

Sarmoya jihatdan mashina xarid qilish xuddi telefon yoki kompyuter xarid qilishdek gap, pul sarflaysiz, lekin sizga sezilarli moddiy foyda yo’q. Aksincha yildan yilga ishlatganingiz sari u o’z qiymatini yo’qotib, bahosi tushib boraveradi. Ishlatmasangiz ham yil o’tgani sari bahosi tushaveradi.  Hozir 25,000 $ turadigan mashina bahosi 3-4 yildan keyin 15,000 $ ga tushib qoladi.   Shu faktorni hisobga olib yap – yangi mashina olmaslikka qaror qildim. Lekin arzonga olar ekanman deb, eeeski mashina olvolib, avto servisga kunora qatnash niyatim ham yo’q. Yuqorida mashina rusimini tanlagan edik, endi uni yilini 2013-2015 yillar orasida deylik. Muhimi odometrdagi sonlar 50,000 kmdan past bo’lsa bo’ldi.

Qayerdan

(1) Rasmiy diller avtosalonlari qoshida ishlatilgan mashinalarni ham kafolati bilan sotishadi. Masalan Hondani dilleri asosan Honda rusimiga oidlarini sotadi. Bu ishlatilgan mashinalarni 80-90% lizingga olingan, 3-4 yil minilib qaytib olib kelingan yoki 20% egasi eskiroq modelni olib kelib ustiga qo’shimcha qilib yangisiga almashtirib ketgan  mashinalar tashkil qiladi. (2)  Moliyaviy jihatdan baquvvatroq avto-mexaniklar o’z ustaxonalari qoshida eski mashinalarni olib sotish bilan shug’ullanadigan kichik biznes ochishgan. Bu yerda mashinalar rusumi har xil. Har ikki holatda ham Sizga mashinani tarixi hisobotini (Car proof report) ko’rsatishadi: qachon, qayerda, qanaqa xizmat ko’rsatilgan (moyidan tortib balon almashtirishgacha), qandaydir halokat sodir etganmi, urib olinganmi va h.zolar.

Garchi narx jihatdan biroz qimmat bo’ladigan bo’lsa ham, rasmiy dillerdan olishga qaror qildim. 6 oyga rasmiy kafolat berishadi; sal qo’shimcha to’lasangiz kafolat muddati ham uzayaveradi. Shu desangiz, shu ‘kafolat’ so’zi miyyamga ancha xotirjamlik berdi-da. Google xaritaga ko’ra Ottavada 4-5 ta rasmiy Honda dillerliklari bor ekan. Ular haqida Googleda qoldirilgan fikr va yulduzchalar soniga qarab qaysilariga borishlikni tanlab oldik.

Naqdga yoki kredit

Masalaning eng nozik yeri shu. Odatda yangi mashina xarid qilsangiz, ko’p ehtimolki uni moliyalashtirish orqali, yani kreditga olasiz va bu to’g’ri tanlov ham. Yangi mashinalar 0 % (zero financing) bilan, nari borsa yillik 1% bilan moliyalashtiriladi. Bu mashinani narxiga yana ozgina qo’shimcha xolos. Ammo eski mashinani moliyalashtirmoqchi bo’lsangiz yillik 7% to’lovni hisob qilavering. Yana kredit tarixingiz qoniqarli bo’lmasa, foiz stavkasi 7 % dan ham balandlab ketishi mumkin. Aytayotganim foiz stavkalari bari murakkab foiz stavkasi bo’lib, har qo’shilgan foiz summasidan ham foiz hisoblanadi. Moliyalashtirishni yana bir sharti – mashinaning kamida 7,000 -10, 000 $ qismini kreditga olish kerak. Bundan kam summaga kredit rasmiylashtirib ovora bo’lib o’tirgilari kelmaydi-da. Qisqasi – eski mashinani naqdga olgan maq’ul.

P.S. Kanadada  (yangi/eski) mashina olishni mo’ljalayotgan bo’lsangiz, mashinani narxi ustiga yana QQS qo’shilishini unutmang. Ontarioda bu soliq turi hozirda 13%.

Yana vaqtim bo’lganda Ontarioda haydovchilik guvohnomasi olish va avtomobil sug’urtasi haqida yozmoqchiman, yuqoridagi postga bog’liq bo’lsada bularni o’zi alohida mavzu.

 

 

 

 

 

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s