(c) Rasm Googledan o’g’irlandi.
Anchadan beri mashina olaman deb yurgandim. Shu paytgacha hech mashinam bo’lmagan, garchi haydovchilik guvohnomamni 2011 yilda olgan bo’lsam ham. Guvohnoma uyda chang bosib, o’zim oylik chipta bilan jamoat transportida yuraverardim. Hozirga qadar tarozini tejamkorlik (mashina, uni ta’mirlash, sug’urta, yoqilg’i va h.zo xarajatlarisiz yashash) va atrof muhitga zarar yetkazmaslik (bunisi shu postni yozyotganimda aqlimga kelib qoldi :)) pallalari og’ir kelib yurgandi. Endilikda jamoat transportida yo’qatoyotgan vaqtim, transport kutib qolgandagi yo’qatoyotgan asablarim va Ottavani qish oylarida sal ko’proq bekatda turib qolsa bormi odam… shularni bari yuqoridagi pallani bosib ketib, mashina olishga qaror qildim. Xayr senga, oylik chipta! Continue reading