ɒn ˈraɪtɪŋ

Maktabda end sevimli fanlarim tarix va adabiyot (nasr) edi. Badiiy kitoblar o’qishni yaxshi ko’rardim. Maktabni yakunlagach diplomat, journalist yoki tilshunos bo’lish haqida o’ylardim. Jahon tillari universitetiga 2 marta hujjat ham topshirganman. Lekin hayot aylanib, iqtisodchilikka o’qidim. Keyinchalik aynan moliya sohasida ixtisoslashdim. Kasbimni yaxshi ko’raman. Yaxshi mutaxassisman, menimcha. Tabiatan perfeksionist bo’lganim uchun qo’l urgan ishimni astoydil o’rganaman, bajaraman. Moliya ham shunday. Magistraturada o’qidim endi esa maxsus kvalifikatsiya dasturi (CPA) bo’yicha o’qiyapman. Yaxshi tashkilotda ishlayman. Bari ko’ngildagidek.

mbr-1400x1076 Continue reading

Advertisements

ˈBaɪɪŋ maɪ fɜrst kɑr ɪn ˈKænədə

2014-Honda-Civic-silver-rear-three-quarters

(c) Rasm Googledan o’g’irlandi.

 

Anchadan beri mashina olaman deb yurgandim. Shu paytgacha hech mashinam bo’lmagan, garchi haydovchilik guvohnomamni 2011 yilda olgan bo’lsam ham. Guvohnoma uyda chang bosib, o’zim oylik chipta bilan jamoat transportida yuraverardim. Hozirga qadar tarozini tejamkorlik (mashina, uni ta’mirlash, sug’urta, yoqilg’i va h.zo xarajatlarisiz yashash) va atrof muhitga zarar yetkazmaslik (bunisi shu postni yozyotganimda aqlimga kelib qoldi :))  pallalari og’ir kelib yurgandi. Endilikda jamoat transportida yo’qatoyotgan vaqtim, transport kutib qolgandagi yo’qatoyotgan asablarim va Ottavani qish oylarida sal ko’proq bekatda turib qolsa bormi odam… shularni bari yuqoridagi pallani bosib ketib, mashina olishga qaror qildim. Xayr senga, oylik chipta! Continue reading

Hjuːmən

U5drxR46rzmYkuWDcsRAy5q99KGLzfo_1680x8400© Google image search

5 fevral, 2018. Sharl – de- Goll aeroporti, Parij.

Parijdan keyingi fransuz tilida so’zlovchilar yashaydigan ikkinchi katta shahar Montreal sari uchayotgan samolyot borti yo’lovchilar bilan to’la. Xushmuomala stuyardessa va styuardlar yo’lovchi o’rindiqlari tepasidagi yuk bo’lmachalari eshiklarini yopib chiqish bilan ovora. Shunda ob – havo noqulayligi bois parvoz noma’lum muddatga kechiktirilishi e’lon qilindi. Qahramonimiz esa doimgidek nimadir tomosha qilish uchun oldidagi o’rindiq orqasiga o’rnatilgan mini ekranchani yoqdi.

Choisir la langue …

                   English

                      Movies….

                       …. Continue reading

ˈbiːtn ˈhæpi ˈwɪmɪn

Scroll down to read in English

Oxirgi paytlarda Avaz Oxunni chiqishlarini maqtashganini ko’p guvohi bo’layapman. Bugun man ham qiziqib ko’rib ko’rdim, rostdan ham xalqni o’zini odatlari, turmush – tarzini kulguli jihatlarini ko’rsatgan holda chiqishlar qilar ekan. Aytishganlaridek Hojiboy Tojiboyni izdoshlari deganlaricha bor… manga ham chiqishlari yoqayapti deb turgandim, toki… mana shu yerigacha. Continue reading

Deə

2017 yil, iyun (kuni esimda yo’q)

Telefonim jiringladi:

  • Alyo, assalomu alaykum. E’lon bo’yicha telefon qilayapman. Uyni borib ko’rsak bo’ladimi?
  • Assalomu alaykum, ha albatta. Qachon kelmoqchisizlar?
  • Hozir.
  • Hozir? Mayli…, yaxshi. Manzilni tushuntiraman….

 

Eshikdan bir yoshgina bola bilan qiz qo’l ushlashib kirib kelishdi. Qiz oq kofta qora yubkada, sochlari yengil jingalak qilib turmaklangan, qo’lida kichik qo’l sumkasi. Ko’chada ko’rganimda maktabdan, oxirgi qo’ng’iroqdan kelayapti deb o’ylar edim. Bolani qo’lida plastik paketda bitta non bor.  Man na hayron bo’lishni, na bularni jiddiy olishni bilmay… Continue reading

My way of learning French

image002             Photo source ©  Je Parle Français. Le français pour tous et tous pour le français.

Assalom MenSenvaUlarchilar 🙂

Yodingizda bo’lsa, bundan avvalgi postimda qish oylarida nimalar bilan shug’ullanmoqchi ekanligim bilan o’rtoqlashgandim. Ayrim ishlar hali rejaligicha qolmoqda, lekin fransuz tili bilan shug’ullanishga astoydil kirishdim. Bugun Siz bilan aynan shu haqida gaplashamiz, yani kelgusida fransuz tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz, bu post aynan Siz uchun.

Hey everyone,

If you guys remember, I wrote my resolution for winter in my previous post. Some of the points of the to do list are still remaining untouched, however, I’m very determinant with my learning of French. Today I’d like to share about how I started all and how well I’ve done so far. So if you’re planning to learn French anytime soon, this is the post for you. Continue reading

To do list for winter

Bugun qishda qilmoqchi ishlarim haqida o’ylab chiqib, to do list tuzdim. Hozir rejalarimning eng muhimlarini shu yerga ham qayd qilib qo’ymoqchimanki, rejalar haqiqiy maqsadga aylanib, mavsum so’ngiga qadar bari amalga oshishi uchun bu ham bir qadam… 🙂

Today I thought about my winter plans and made a to do list. Now I would like to write about my plans here too that they will become more than just plans. And hopefully, by the end of the season I will achieve them all.   

Continue reading

A day in Eppstein

Assalom azizlar 🙂

Yozning so’ngi kunlaridan unumli foydalangan holda bir sayr qilib kelmaymizmi? Qulay oyoq kiyim kiyib olishning o’zi kifoya. Tayyormisiz? Kettik unda…

Hey my dears 🙂

It is the last days of the Summer and we still have some time to enjoy the holiday season. If you have a pair of comfortable shoes, I’ll invite you out to a little tour. Are you ready? Let’s go then…

1 Continue reading

Keyingi bekat London! Ogoh bo’ling!

Read the post in English

Assalom,  azizlar))

Bugun yakshanba. Odatda uy yumushlarini qila turib  musiqa yoki podkast eshitaman. Luke’s English Podcast (Lyukning inglizcha podkasti) so’ngi paytlarda eng ko’p eshitayotganimdir. Bugun London metrosi va unda yurish qoidalari  haqidagi  seriyasini eshitdim. Va bilasizlarmi nima? Sizlarni ehtimol rejalashtirgan, ehtimol orzu qilganingiz yoki xayolingizni ko’chasiga kelmagan safaringiz uchun as qotadigan ma’lumotlar-u maslahatlarni mujassamlashtirgan blogpost yozish istagi tug’ildi. Qarang, Sizni qanchalik yaxshi ko’raman-u, Siz o’ylamagan safaringizni o’ylab post yozayapman. Balki orangizda Londonga o’qishga, ishga yoki butunlayga ketayotganlar bordir, kim bilsin.  Kirish qismini ko’p cho’zmay maqsadga o’tamiz. Qani ketdik…

tube

Continue reading

tədé

21.05.2016

Uyga kelib uyoq buyoqni yig’gan bo’ldim… kir yuvdim… qornim ochdi… ovqat qilishga tushdim. Sabzavotlarni deyarli artib ham bo’lgandim… Pichoqni shartta stolga qo’ydim, laptopimni yoqdim: Continue reading