Hjuːmən

U5drxR46rzmYkuWDcsRAy5q99KGLzfo_1680x8400© Google image search

5 fevral, 2018. Sharl – de- Goll aeroporti, Parij.

Parijdan keyingi fransuz tilida so’zlovchilar yashaydigan ikkinchi katta shahar Montreal sari uchayotgan samolyot borti yo’lovchilar bilan to’la. Xushmuomala stuyardessa va styuardlar yo’lovchi o’rindiqlari tepasidagi yuk bo’lmachalari eshiklarini yopib chiqish bilan ovora. Shunda ob – havo noqulayligi bois parvoz noma’lum muddatga kechiktirilishi e’lon qilindi. Qahramonimiz esa doimgidek nimadir tomosha qilish uchun oldidagi o’rindiq orqasiga o’rnatilgan mini ekranchani yoqdi.

Choisir la langue …

                   English

                      Movies….

                       …. Continue reading

Advertisements

Deə

2017 yil, iyun (kuni esimda yo’q)

Telefonim jiringladi:

  • Alyo, assalomu alaykum. E’lon bo’yicha telefon qilayapman. Uyni borib ko’rsak bo’ladimi?
  • Assalomu alaykum, ha albatta. Qachon kelmoqchisizlar?
  • Hozir.
  • Hozir? Mayli…, yaxshi. Manzilni tushuntiraman….

 

Eshikdan bir yoshgina bola bilan qiz qo’l ushlashib kirib kelishdi. Qiz oq kofta qora yubkada, sochlari yengil jingalak qilib turmaklangan, qo’lida kichik qo’l sumkasi. Ko’chada ko’rganimda maktabdan, oxirgi qo’ng’iroqdan kelayapti deb o’ylar edim. Bolani qo’lida plastik paketda bitta non bor.  Man na hayron bo’lishni, na bularni jiddiy olishni bilmay… Continue reading

A day in Eppstein

Assalom azizlar 🙂

Yozning so’ngi kunlaridan unumli foydalangan holda bir sayr qilib kelmaymizmi? Qulay oyoq kiyim kiyib olishning o’zi kifoya. Tayyormisiz? Kettik unda…

Hey my dears 🙂

It is the last days of the Summer and we still have some time to enjoy the holiday season. If you have a pair of comfortable shoes, I’ll invite you out to a little tour. Are you ready? Let’s go then…

1 Continue reading

Keyingi bekat London! Ogoh bo’ling!

Read the post in English

Assalom,  azizlar))

Bugun yakshanba. Odatda uy yumushlarini qila turib  musiqa yoki podkast eshitaman. Luke’s English Podcast (Lyukning inglizcha podkasti) so’ngi paytlarda eng ko’p eshitayotganimdir. Bugun London metrosi va unda yurish qoidalari  haqidagi  seriyasini eshitdim. Va bilasizlarmi nima? Sizlarni ehtimol rejalashtirgan, ehtimol orzu qilganingiz yoki xayolingizni ko’chasiga kelmagan safaringiz uchun as qotadigan ma’lumotlar-u maslahatlarni mujassamlashtirgan blogpost yozish istagi tug’ildi. Qarang, Sizni qanchalik yaxshi ko’raman-u, Siz o’ylamagan safaringizni o’ylab post yozayapman. Balki orangizda Londonga o’qishga, ishga yoki butunlayga ketayotganlar bordir, kim bilsin.  Kirish qismini ko’p cho’zmay maqsadga o’tamiz. Qani ketdik…

tube

Continue reading

ðə kəstəmər ɪz kɪk

Mijoz bank uchun yo’g’ey bank mijoz uchun…

15.02.2010 Friedrichstraße Savdo markazi, Berlin, Germaniya

Ikki kundan beri uyoq bu yoqdan gaplashib, O’zbekistondagi hamma xabarlarni aytib, talaba qizining ham deyarli barcha yangiliklarini eshitib bo’lgan ota bugun qizini shoppingga olib bordi. “Bir ust-bosh olib beray senga” deb, Berlinning eng gavjum savdo markazidan biriga borishdi. 4-5 soatlik xariddan so’ng ota tavbasiga tayandi:

  • Kel, qizim qolgan narsalarni o’zing sekin uchraganda olib olarsan, men senga pulini berib qo’ya qolaman, charchadim bugun.
  • Aha mayli, unda u bu narsa yeb olib uyga ketamiz.
  • Mana esda borida berib qo’yay , deya 10 ta Franklin surati tushirilgan ko’k qog’ozni stol ustiga qo’ydi.

Continue reading

huː wiː wɜːr ænd huː wiː ɑː

O’tmish

02.02.2009   Mikroiqtisodiyot fanidan ma’ruza, oliy o’quv yurti, Toshkent.

Birinchi kurs talabalari ikkinchi semestr darslarini endigina boshlagan hafta. O’tgan semestrda makroiqtisodiyot fanidan kafedraning eng tajribali ma’ruzachisini tinglab, ma’lum bir nazariy bilimlarga ega bo’lgan  auditoriya shovqinini xonaga shasht bilan kirib kelgan ( did bilan kiyingan, o’rta yoshli, jikkakkina) ma’ruzachini tomoq qirishi bo’ldi. Continue reading

frɛndʃɪp bətwin gərlz ænd bɔjz

64718860fa4500f318c98a35aa5989d3

Qiziq mavzu-a? Yozishni boshlashdan avval o’zim bu baxsni qaysi tarafida ekanligimni o’ylab qoldim… Va o’zim bitta inson bo’lsamda shu mavzuni butunlay ikki xil talqinda yoza olishim mumkin degan to’xtamga keldim, agarda hammasi chalkashib ketib, butunlay uchinchi xil qoralama vujudga kelib qolmasa. O’ylagandursiz hozir yoki bunaqa do’stlik bor, yoki umuman mavjud emas deb baxslashadi deb. Bunaqa xulosaga shoshilmay turamiz… Continue reading

hæpinəs iz in ðə eə

download

13.09.2015

Toshkent.

Salom salom, o’quvchim 🙂

Bugun kayfiyatim ajoyib va buni Siz bilan ham baham ko’rgim keldi… Rasman kuz kelganiga 13 kun bo’lgan bo’lsa ham  aynan bugun rosmanasiga uning isi kelmoqda…  yomg’irli havo, ustiga ustak dam olish kuni… baxt uchun yana nima kerak bo’lish mumkin?  Continue reading

maɪ ˈgrændædz dua

download

20.01.2015

“Welcome to the board of National Express. The coach is heading from Cardiff to London Heathrow Airport…” (Avtobus haydovchisi o’z e’lonini boshlab ketdi, meni qulog’imga esa uning gaplari kirmayotgandi…)

Mana o’sha kun ham keldi, ketayapman… Tushunarsiz hislar qamrab olgandek go’yo… Inoq bo’lib ketganim qadrdonlarim ortda qolmoqda… Avtobusni har svetaforda qizil chiroqqa tushayotganligidan xursandekman, yana bir necha soniyalarga ko’proq ko’rayapman ushbu shahar ko’chalarini.  Yomg’ir ham shivalab men bilan xayrlashayotgandek… Ha…Barchasi uchun raxmat, xayr!… Yo’q, yo’q ko’rishguncha, Kardiff! Continue reading