MenSenvaUlarga tashrifingiz uchun tashakkur! Qisqacha o’zim haqimda aytib o’tmoqchiman. Agarda, meni yaqindan tanisangiz bunga hojat yo’q deb o’ylayman, aksincha bo’lsa Siz bilan tanishishdan behad mamnunman, aziz o’quvchim!
Mutolaa qilish va qog’oz (Word sahifasini) qoralashni yaxshi ko’raman, aslida mutaxassisligim bulardan anchayin yiroq bo’lsada. Shunday qilib, qilishim kerak ishni bajarish bilan birga sevgan ishim bilan shug’ullanaman.
Blogni Mensenvaular deb nomlashimga sabab, uni o’z shaxsiy blogim emas balki barchamizga ta’luqli mavzularni qamrovchi blog bo’lishini istaganimdan
Postlarim Sizga yoqadi deb umid qilgan holda fikrlaringizni kutib qolaman,
MenSenvaUlar
Salom Mensenvaular postlarim menga juda yoqdi. Bundan ham qiziqarli post kutamiz sizdan… Omad 🙂
LikeLike
Raxmat.)) Harakat qilamiz. Kuzatishda davom eting 😉
LikeLike
Сизларга, яъни бошка фолловерларга канака билмадиму, лекин менга блогнинг шу йўналиши маъкул. Олди-кочди, шов-шувли, бўлар-бўлмас, бемаъни-бетаъсир хабарлар хаммаёкда тўлиб-тошиб, ириб-чириб ётибди. Бирортаси одамни фантазиясини китикламайди, хаёт хакида мулохаза билан фикр юритишга чорламайди, эски хотираларни тикламайди. Лекин бу блог бошкача. Блогдаги маколаларни ўкиб, хаёлим кундалик ташвишлардан чалгийди, миям дам олади, анча-мунча нарсаларни эслайман. Хуллас, рилаксейшн 🙂
LikeLike
Raxmat raxmat)) boshim nimagadur tekkanday, bulut shekilli 🙂
LikeLike
Siz haqizda yozishibdi! )))
http://kun.uz/2014/10/12/tamerlang/
LikeLiked by 1 person