aɪ bɪˈlɒŋ

 

IMG_0999

Daraxt meva yoki shoxlari bilan emas, chuqur ildizlari bilangina mustahkam turadi.

Anthony Liccione

Nafaqat daraxt balki har turli o’simlik ham o’z ildizi bilan mustahkam. Lekin shunday bir o’simlik borki, u ildizsiz, yumaloq bo’lib olib yumalab ketaveradi-ketaveradi…Shamol qay tarafga essa o’shayoqqa yumalaydi, muqim turmaydi, turolmaydi.Chunki uni tutib turguvchi ildizi yo’q. Bu yumalagichning rus tilidagi nomi “перекати поле” (inglizchada: tumbleweed). Hayron bo’lmang bugun Sizga botanikadan o’simliklar haqida aytib bermoqchi emasman. Aksincha, yer yuzidagi shu tumbleweedga o’xshagan insonlar haqida aytib beraman. Continue reading

Advertisements

Yengil tabassum

Click here to read it in English

01.08.2014. Telefonimga sms keldi “the desicion on your application No XXX has been made and you can collect your passport…. (men pasport deb atamagan bo’lardim). Ertansi kuniyoq hamma ishimni tashlab elchixonaga “uchib” bordim.  Navbatda turibman. Mendan oldin kelganlar qo’lida konvert  bilan chiqishyapti. Hamma qiziqqan… hatto yo’lakdagi o’rindiqqa o’tirmasdan ham passportlarini ochib ko’rishmoqda. Menga erish tuyuldi, shunchalik ishonishmayaptimi viza olgan olmaganliklariga. Keyin hayolimga keldi, balki shunchaki vizadagi hamma ma’lumotlar to’g’riligiga amin bo’lishmoqchidir.      O’zimcha o’yladim men bunaqa qilmayman, chetga chiqib, bemalol o’tirgan holda konvertni ochamanu, vizamni rasmga tushirib oyimga whatsappdan yuboraman. Chunki elchixonaga ketayotganligimni aytmagandim, “surpriz ” qilmoqchi edim. Navbatim keldi, chetroqqa o’tib kanvertni ochdim, lekin viza yo’q :). Har betini ikki martalab varaqlab chiqdim, xuddi o’tkazib yubordimmi deb. Keyin qarasam konvertda bitta A4 qog’oz ham bor edi, aniqrog’i xat. Yozilganki: “The Kingdom of Netherlands does not recognize your travel document, therefore you cannot travel to Netherlands. You are able to apply for refund ….”. Na kulishni bilaman na yig’lashni. Bu degani Nederlandiya qiroligi  Seni ham, Sen yashaydigan davlat qonunchiligini ham tan olmaydi, hechkimsan degani :). Shunchaki viza ololmasliging xayolingni  ko’chasiga kelmaganida,  bu yozuvni o’qish g’alati bo’lar ekan. Beixtiyor yengil tabassum qildim.

Continue reading