ðə kəstəmər ɪz kɪk

Mijoz bank uchun yo’g’ey bank mijoz uchun…

15.02.2010 Friedrichstraße Savdo markazi, Berlin, Germaniya

Ikki kundan beri uyoq bu yoqdan gaplashib, O’zbekistondagi hamma xabarlarni aytib, talaba qizining ham deyarli barcha yangiliklarini eshitib bo’lgan ota bugun qizini shoppingga olib bordi. “Bir ust-bosh olib beray senga” deb, Berlinning eng gavjum savdo markazidan biriga borishdi. 4-5 soatlik xariddan so’ng ota tavbasiga tayandi:

  • Kel, qizim qolgan narsalarni o’zing sekin uchraganda olib olarsan, men senga pulini berib qo’ya qolaman, charchadim bugun.
  • Aha mayli, unda u bu narsa yeb olib uyga ketamiz.
  • Mana esda borida berib qo’yay , deya 10 ta Franklin surati tushirilgan ko’k qog’ozni stol ustiga qo’ydi.

Continue reading

hæpinəs iz in ðə eə

download

13.09.2015

Toshkent.

Salom salom, o’quvchim 🙂

Bugun kayfiyatim ajoyib va buni Siz bilan ham baham ko’rgim keldi… Rasman kuz kelganiga 13 kun bo’lgan bo’lsa ham  aynan bugun rosmanasiga uning isi kelmoqda…  yomg’irli havo, ustiga ustak dam olish kuni… baxt uchun yana nima kerak bo’lish mumkin?  Continue reading

maɪ ˈgrændædz dua

download

20.01.2015

“Welcome to the board of National Express. The coach is heading from Cardiff to London Heathrow Airport…” (Avtobus haydovchisi o’z e’lonini boshlab ketdi, meni qulog’imga esa uning gaplari kirmayotgandi…)

Mana o’sha kun ham keldi, ketayapman… Tushunarsiz hislar qamrab olgandek go’yo… Inoq bo’lib ketganim qadrdonlarim ortda qolmoqda… Avtobusni har svetaforda qizil chiroqqa tushayotganligidan xursandekman, yana bir necha soniyalarga ko’proq ko’rayapman ushbu shahar ko’chalarini.  Yomg’ir ham shivalab men bilan xayrlashayotgandek… Ha…Barchasi uchun raxmat, xayr!… Yo’q, yo’q ko’rishguncha, Kardiff! Continue reading