ðə kəstəmər ɪz kɪk

Mijoz bank uchun yo’g’ey bank mijoz uchun…

15.02.2010 Friedrichstraße Savdo markazi, Berlin, Germaniya

Ikki kundan beri uyoq bu yoqdan gaplashib, O’zbekistondagi hamma xabarlarni aytib, talaba qizining ham deyarli barcha yangiliklarini eshitib bo’lgan ota bugun qizini shoppingga olib bordi. “Bir ust-bosh olib beray senga” deb, Berlinning eng gavjum savdo markazidan biriga borishdi. 4-5 soatlik xariddan so’ng ota tavbasiga tayandi:

  • Kel, qizim qolgan narsalarni o’zing sekin uchraganda olib olarsan, men senga pulini berib qo’ya qolaman, charchadim bugun.
  • Aha mayli, unda u bu narsa yeb olib uyga ketamiz.
  • Mana esda borida berib qo’yay , deya 10 ta Franklin surati tushirilgan ko’k qog’ozni stol ustiga qo’ydi.

Continue reading

huː wiː wɜːr ænd huː wiː ɑː

O’tmish

02.02.2009   Mikroiqtisodiyot fanidan ma’ruza, oliy o’quv yurti, Toshkent.

Birinchi kurs talabalari ikkinchi semestr darslarini endigina boshlagan hafta. O’tgan semestrda makroiqtisodiyot fanidan kafedraning eng tajribali ma’ruzachisini tinglab, ma’lum bir nazariy bilimlarga ega bo’lgan  auditoriya shovqinini xonaga shasht bilan kirib kelgan ( did bilan kiyingan, o’rta yoshli, jikkakkina) ma’ruzachini tomoq qirishi bo’ldi. Continue reading

frɛndʃɪp bətwin gərlz ænd bɔjz

64718860fa4500f318c98a35aa5989d3

Qiziq mavzu-a? Yozishni boshlashdan avval o’zim bu baxsni qaysi tarafida ekanligimni o’ylab qoldim… Va o’zim bitta inson bo’lsamda shu mavzuni butunlay ikki xil talqinda yoza olishim mumkin degan to’xtamga keldim, agarda hammasi chalkashib ketib, butunlay uchinchi xil qoralama vujudga kelib qolmasa. O’ylagandursiz hozir yoki bunaqa do’stlik bor, yoki umuman mavjud emas deb baxslashadi deb. Bunaqa xulosaga shoshilmay turamiz… Continue reading

aɪ bɪˈlɒŋ

 

IMG_0999

Daraxt meva yoki shoxlari bilan emas, chuqur ildizlari bilangina mustahkam turadi.

Anthony Liccione

Nafaqat daraxt balki har turli o’simlik ham o’z ildizi bilan mustahkam. Lekin shunday bir o’simlik borki, u ildizsiz, yumaloq bo’lib olib yumalab ketaveradi-ketaveradi…Shamol qay tarafga essa o’shayoqqa yumalaydi, muqim turmaydi, turolmaydi.Chunki uni tutib turguvchi ildizi yo’q. Bu yumalagichning rus tilidagi nomi “перекати поле” (inglizchada: tumbleweed). Hayron bo’lmang bugun Sizga botanikadan o’simliklar haqida aytib bermoqchi emasman. Aksincha, yer yuzidagi shu tumbleweedga o’xshagan insonlar haqida aytib beraman. Continue reading

maɪ ˈgrændædz dua

download

20.01.2015

“Welcome to the board of National Express. The coach is heading from Cardiff to London Heathrow Airport…” (Avtobus haydovchisi o’z e’lonini boshlab ketdi, meni qulog’imga esa uning gaplari kirmayotgandi…)

Mana o’sha kun ham keldi, ketayapman… Tushunarsiz hislar qamrab olgandek go’yo… Inoq bo’lib ketganim qadrdonlarim ortda qolmoqda… Avtobusni har svetaforda qizil chiroqqa tushayotganligidan xursandekman, yana bir necha soniyalarga ko’proq ko’rayapman ushbu shahar ko’chalarini.  Yomg’ir ham shivalab men bilan xayrlashayotgandek… Ha…Barchasi uchun raxmat, xayr!… Yo’q, yo’q ko’rishguncha, Kardiff! Continue reading

ðə rɪˈvjuːz ɒv maɪ ˈfeɪvərɪt ˈpleɪsɪz tuː iːt

Salom, azizlar 🙂

Toamlar yoki tamaddixonalar bo’yicha tanqidchilikni hech davo qilmagan holda, oddiy bir mijoz sifatida Siz bilan ayrim ta’surotlarimni bo’lishmoqchiman.

Toshkentga ilk kelgan kunlarim, hali oila davrasida, hali do’stlarim bilan ko’rishishlar sabab bo’lib sevimli tamaddixonalarimga bir-bir tashrif buyurdik. O’zimizning milliy taomlarimizni shunaqangi sog’ingandimki, qanaqangi davrada bo’lmayin taomlarni nol darajali hijolatda paqqos tushirardim :). Continue reading

Pəˈpɑː, weər ɑː juː?

Assalom 🙂

Bilasizmi   Sizni va Ularni sog’ingandim, mana yana qarshilashdik. Bundan men xursand, o’ylaymanki Siz ham, ularni bilmadim 🙂

Bugun Sizga bitta sirimni ochmoqchiman ya’ni g’irt yig’loqi qiz ekanligimni. Nega yig’loqi deysizmi, kimnudir o’zi bilmaydigan tilda qo’shiq eshitib yig’lagani haqida eshitganmisiz? Yoki biror kino heppi end bilan tugasayu, qahramonlarni heppiligi uchun yig’laganinichi? Mana bugun o’qiysiz… Continue reading

Duː nɒt ˈhʌri tuː kənˈkluːd: ˈhɒlɪwʊdz fɪlm əˈbaʊt Amir Temur

10509577_717637348324827_4172693256611361813_n

Qariyb bir hafta avval Amir Temur haqida Gollivud film olishni rejalashtiryapti degan xabar yetakchi o’zbek OAVlari orqali ma’lum qilingan edi. Shunday keyin ijtimoiy tarmoqlarda  o’zbek hamda rusiy zabon o’zbekistonliklar o’rtasida qizg’in bahs  boshlanib ketdi. Kimdur bundan xursand bo’lgan bo’lsa, yana kimdur bizning tariximizni amerikalik ijodkorlar to’laqonli ochib bera olmaydi deya yangilikni xush qarshilashmadi. Continue reading